Jahonning beshta “aqlli” shahari


Saqlash
15:02 / 08.02.2022 0 1518

 

Millionlab insonlar yashayotgan megapolisda murakkab va ko‘p tarmoqli xo‘jalikni boshqarish, transport va kommunikatsiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, chiqindilarni qayta ishlash, ekologiyani toza saqlash hayot-mamot masalasiga aylangani “aqlli shahar” (“smart city”) mavzusini kun tartibiga chiqardi.

 

Ayni paytda 15–20 million va hatto undan ko‘p nufuzga ega megapolislarda yuksak texnologiyalar sharofati bilan mashinalarni qo‘yish (parkovka) va ko‘chalardagi tirbandliklarni bartaraf etish, suv va havo ifloslanishi muammolari ijobiy yechim topmoqda. Resurslardan tejamli foydalanish, maishiy chiqindilarni tashib ketish, qayta ishlash muammolari ham ijobiy hal etilmoqda. Qayta tiklanadigan energiya manbalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

Yaqinda “Forbes”, “PwC”, “Juniper Research” va “EasyPark” kabi mashhur kompaniyalar jahonning aqlli shaharlari beshligini ma’lum qildi.

 

Singapur: haydovchisiz avtoni kutib...

 

Shaharda jamoat va shaxsiy transportlarning erkin, bemalol harakatlanishi uchun aqlli yechimlar taklif qilinmoqda. Intellektual svetoforlar tirbandliklarni kamaytirsa, yo‘l datchiklari transport oqimi zichligini muntazam kuzatib boradi.

 

 

Mashinalar uchun parkovka imkoniyati keng. Aqlli uskunalar bo‘sh joylar haqida haydovchilarga ma’lumot jo‘natadi. Shahar yaqin yillarda haydovchisiz boshqariladigan avtolarning ilk turkumini qabul qilishga tayyorlanmoqda. “Virtual Singapur” hamda 3D-moslashuv konseptiga ko‘ra, favqulodda vaziyatda shahar aholisini qisqa muddatda evakuatsiya qilish imkoni mavjud.

 

London: transport muammosi ortda qolmoqda

 

Ulkan raqamli server va yuksak texnologiyalar sharofati bilan yo‘l harakati muammolarini hal eta olgani bois London smart-shaharlar orasida yetakchi o‘rinda turadi. Holbuki, tirbandliklar va avtoturargoh taqchilligi bo‘yicha jiddiy muammolarga duch kelgan Yevropa megapolislaridan birinchisi London hisoblanadi.

 

 

2002-yilgi islohotlarga ko‘ra, shaharga avtomobilda kirish pullik qilindi. Mashina qo‘yish joylarini to‘la qamrab olgan yagona tarmoq yaratildi. Barcha turdagi transport tizimi aqlli texnologiyalar yordamida takomillashdi. Endi har bir kishiga navigator-ilova o‘ng‘ay yo‘nalishni, qulay transport turini tanlab beradi.

 

Nyu-York: inson hayoti xavfsizligini ta’minlovchi ilg‘or texnologiyalar

 

AQShning yirik megapolisi Nyu-York ham innovatsiyalarni faol o‘zlashtirmoqda. Ayniqsa, inson hayoti xavfsizligi borasida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llashda peshqadam. Shahar videokameralar to‘ri bilan qamrab olingan. Ko‘chalarga har qanday tovush tebranishlarini sezadigan va politsiyaga bu haqda signal yuboradigan sensorlar o‘rnatilgan. Yong‘inning oldini oluvchi zamonaviy tizim mavjud.

 

“Aqlli” chiqindi qutilari (BigBelly) to‘lgan zahoti tashuvchi mashinalarni chaqiradi. Smart-texnologiyalardan ko‘chalarni yoritishda ham samarali foydalanilmoqda. Tizim ko‘cha va shosse gavjumligi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘adi va chiroqlar ishlashining qulay rejimini mustaqil tanlaydi. 

 

 

Barselona: shovqinsiz, chang-to‘zonsiz va suv isrofisiz

 

Kataloniya poytaxti smart shaharlar orasida “Forbes” talqiniga ko‘ra birinchi va “Juniper Research” bahosicha ikkinchi o‘rinda turadi. Barselonada trafikni boshqarish uchun datchiklardan foydalaniladi. Ko‘chalarni yoritishning aqlli tizimi ishlaydi. Ergonomik diodli lampalarga o‘tish rejasi amalga oshirilmoqda.

 

Sug‘orishning aqlli tizimi qurg‘oqchilik paytida tejamkorlik rejimiga o‘tadi. Havo sifati va shovqin muntazam monitoring qilib boriladi. Qator ekologik loyihalar, xususan, qayta tiklanadigan energiya manbalari va intellektual hisoblagichlarga ega aqlli kommunal tarmoqlar ishga tushirilgan. Ular resurslar sarfini nazorat qiladi va nuqsonlarni bartaraf etadi. Shaharda barcha datchiklardan keladigan ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil etish platformasi ishlab chiqilgan.

 

 

Kopengagen: ma’lumotlarni erkin almashish imkoni

 

Daniya poytaxtida velosiped uchun infratuzilma o‘ta rivojlangan bo‘lib, Kopengagen velosipedi eng ko‘p shahar degan norasmiy maqomga ega. 2017-yildan e’tiboran velosipedlar yo‘llardagi ifloslanish va tirbandlik darajasi bo‘yicha ma’lumot berib turadigan datchiklar bilan jihozlana boshladi. Shahar hokimiyati amaliyotda aqlli yechimlarni qo‘llayotgan biznes turlarini (yoritish, uylarni boshqarishda) har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda.

 

Kopengagen ma’muriyati va “Hitachi” kompaniyasi hamkorligida “shahar ma’lumotlar almashuv bazasi” yaratilgan. Endi oddiy fuqarodan tortib shahar merigacha mazkur platformaga axborot joylashtirishi mumkin. Bu esa ijtimoiy institutlar – jamiyat, politsiya, rahbariyat va shoshilinch xizmatlarning bir yoqadan bosh chiqarib ishlashiga imkon beradi.

 

Oslo, Boston, syurix, Stokgolm, Shanxay, Amsterdam va Nissa shaharlari ham jahonning “aqlli” shaharlari qatoridan o‘rin olishga intilmoqda.

 

Abdumajid AZIMOV tayyorladi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 12
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 13
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 93
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 197
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 514
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 932
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218663
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104448
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 33569
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27243
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26223
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 24727
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24712
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21605
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//