Baxilning bog‘i


Saqlash
16:02 / 07.02.2022 0 1070

 

Tovuq katagining burchagidan alohida pana qilib to‘silgan nim qorong‘i joyda tuxumlarni bosib yotgan kurk tovuq deyarli yemas, ichmas... ikki-uch kunda bir dunyoni buzgudek ovoz bilan qaqog‘lab tashqariga chopib chiqar, o‘n-o‘n besh soniya shu holatda turib, yana ichkariga uchib kirib ketardi. Shu alfozda ikkinchi hafta o‘tib borardi.

 

Yigit oxirgi marta xabar olganida ko‘rdiki, tuxumlarning ayrimlari darz ketgan. Demak, jo‘jalarning yorug‘ dunyoga kelish fursati yetibdi. Yigitning diliga shayton g‘ulg‘ula soldimi, xayolidan: “Tovuq kurk bo‘lib turgan paytda yana o‘n-o‘n beshta jo‘ja ochdirib olsam-chi!” degan gap o‘tdi. Ona tovuqning tashqariga chiqib ketishini poylab turdi-da, o‘sha paytda ichida mitti jonlar betoqat bo‘layotgan tuxumlarni yig‘ishtirib olib, o‘rniga boshqa tuxumlarni qo‘ydi. Ona tovuq shitob bilan qaqag‘lab kirdi va tuxumlarni bag‘riga olib yotdi. Hozirgina issiqqina bo‘lgan tuxumlar nima uchun muzdekkina bo‘lib qolganini sezdimi, yo‘qmi...

 

Tuxumlarni astagina sindirib ichidan jo‘jalarni chiqarib olgan yigit tovuqxonadan doim xabardor edi. Tonglar otib quyosh botar, ozib ketgan ona tovuq har ikki-uch kunda tashqariga qaqag‘lab chopib chiqib kelardi. Muddati yetdi chog‘i, ikkinchi bora qo‘yilgan tuxumlar ham darz keta boshladi va yigit tovuq tashqariga chiqqanda issiqqina, ichidan jo‘jalarning mayin “chiy-chiy”lagani eshitilib turgan tuxumlarni shoshilmay yana savatchaga terib oldi. Ularning o‘rniga avvaldan tayyorlab qo‘yilgan sovuq tuxumlarni joylashtirdi, shoshilmadi, chunki endi ona tovuqning avvalgi shaxdu shiddati yo‘q edi – uzuq-yuluq qaqog‘lab kirib keldi-yu, tuxumlarni bosib yotdi.

 

Kecha ona tovuqning bag‘ridan o‘g‘irlab chiqilgan tuxumlarni yorib, ularning ichidan chiqqan jo‘jalarni avvalgilariga qo‘shib xursand yurgan yigit ertalab xabar olgani kirganda bir siqimgina bo‘lib qolgan ona tovuqning boshi osilib yotardi. Yigit shalviragan qoq suyak jonivorni hovlining bir burchagiga ko‘mdi. Atrof jim-jit, nazarida tinmay “chiy-chiy” qiladigan jo‘jalar ham ona tovuq ahvolini g‘oyibdan sezib sukut saqlayotgandek edi. Yigit bir-bir qadam bosib katakka yaqinlasharkan, yerga sochilib yotgan mayin patchalarga ko‘zi tushdi. Onasiz – himoyasiz qolgan jo‘jalarni mushukmi, itmi yeb ketgandi...

Muhtarama ULUGʻOVA

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1261
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 239
“Qozondi” fe’lidagi “qozon” haqida

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 255
Marjumakdan shoʻrva qilib boʻladimi?

Bilasizmi?

15:02 / 28.02.2025 0 196
Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon

Bilasizmi?

14:02 / 28.02.2025 0 214
Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 223176
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106759
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 48780
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 37012
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 35392
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29637
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 28545
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 28467
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//