Masovafiy ta’lim: kecha va bugun


Saqlash
16:01 / 24.01.2022 0 1968

Masovafiy ta’lim. So‘nggi ikki yilda bu jumla ta’lim sohasida eng ko‘p qo‘llanilayotgan terminga aylandi. Masovafiy ta’lim elektron pochta, televideniye, radio, ijtimoiy tarmoqlar orqali uzatilishi mumkin. Uning qulay tarafi shundaki, mashg‘ulotlar uchun ma’lum bino talab qilinmaydi, transportga ketadigan vaqt va pul tejaladi.

 

Masofali ta’limning ilk ko‘rinishlari Yevropada, XVIII asrda paydo bo‘lgan. O‘sha payt pochta orqali “korrespondent ta’lim” yo‘lga qo‘yilgan. O‘quvchilar pochta orqali o‘quv materiallarini qabul qilishgan va uy vazifalarini shu yo‘l bilan pedagoglarga jo‘natishgan. XX asrda telegraf va telefon paydo bo‘lgach, masofali ta’limga imkoniyatlar ochildi. Elliginchi yillarda teledasturlar orqali ta’lim olish ommalashgan.

 

Dunyo bo‘yicha masofaviy ta’limga ixtisoslashgan birinchi universitet 1969-yilda Buyuk Britaniyada ochilgan. Keyinchalik Afrika, Germaniya, AQSH, Ispaniya, Avstraliyada ham yo‘lga qo‘yilgan. 1980-yillar oxirida shaxsiy kompyuterlar paydo bo‘lgach, o‘quvchilarning masofali ta’lim olishlari yengillashgan.

 

XXI asr esa tom ma’noda masofaviy ta’limga cheksiz onlayn imkoniyatlarni ham qo‘shdi. Internet paydo bo‘lgach, telefon, telegraf, televideniye orqali ta’lim berish kamaydi. Internet bir vaqtning o‘zida ikki tomonlama matn, audio, video muloqot imkoniyatini yaratgach, onlayn ta’lim oluvchilar soni ko‘paydi. 2020-yil dunyoda pandemiya boshlangach, onlayn ta’limga talab kuchaydi. Ko‘plab maktablar karantin vaqtida  Zoom, Cisco Webex, Google Classroom, Microsoft Teams kabi tizimlar orqali o‘qiy boshlashdi.

 

O‘zbekistonda 2020-yil 27-martda “Oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’limni joriy etish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra respublikamizdagi mavjud OTMlar masofaviy o‘qitish texnologiyalarini yaratish va ishga tushirish yuzasidan kerakli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, malakali o‘qituvchilar tomonidan televideniye orqali 1-11 sinflar uchun onlayn darslar o‘tildi. Universitetlarda esa masofaviy ta’limni tashkil etish uchun MOODLE tizimidan foydalanildi.

 

Nodirabegim tarjimasi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 217
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 221
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 580
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 346
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 511
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232867
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112658
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65294
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55095
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49479
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39087
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38161
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36767
“Avesto”

//