Kitob


Saqlash
04:01 / 24.01.2022 0 1831

Bugun kitobim chiqdi.

Har gal yangi kitobim chiqishi bilan birinchi nusxasini onamga atar edim. Har gal bir xil so‘z yozib berardim: «Birinchi o‘qituvchim – onamga!» Onam kitobni ko‘rishi bilan ko‘zlari quvonchdan porlab ketar, uzundan-uzoq duo qilar, peshonamdan o‘pib, yakkash bitta gapni takrorlar edi.

– Sen mening suyangan tog‘imsan, o‘g‘lim...

Keyin xuddi birov olib qo‘yadigandek, kitobni yostig‘ining tagiga yashirardi.

Shunda men kitobim chiqqani uchun o‘zimdan ko‘proq onam quvonganini bilib turardim.

Bir kuni mahallaning narigi chekkasida turadigan nonvoynikiga kirib qoldim. (Nima yumush bilan borganim esimda yo‘q.) Qarasam, yog‘och so‘rida kitobim yotibdi. Varaqlari titilgan, oftobda sarg‘ayib ketgan. Qiziqib qo‘limga oldim. O‘qisam, o‘zimning dastxatim: «Birinchi o‘qituvchim – onamga!»

O‘shanda nima uchun bunday ahvolga tushganimni bilmayman. Xuddi birov meni masxara qilayotgandek bo‘lib ketdi. Kelib onamga to‘ng‘illadim:

– Kitobni yetti mahalla nariga tashlab keling, deb berganmidim sizga!

Onam aybdor qiyofada ma’yus jilmaydi.

– Mavlu hech qo‘ymadi-da, bolam. «Bitta o‘qib beraman», dedi.

– Mavludagacha yana mingta qo‘ldan o‘tgani ko‘rinib turibdi, – dedim zarda bilan. – Maqtangansiz.

– O‘zingni siqma, jon bolam. Hozir olib kelaman.

Chindan ham, o‘sha kuni kitob qaytib keldi...

Har gal kitobim chiqsa, onam bir gapni aytardi:

– Sen mening suyangan tog‘imsan, o‘g‘lim...

Bilmagan ekanman, men onamning emas, onam mening suyangan tog‘im ekan. Tog‘im to‘satdan qulab tushdi. Bugun yangi kitobim chiqdi. Birinchi nusxasini emas, bitta nusxasini emas, oltmish ming kitobning hammasini onamga bag‘ishladim. Lekin...

 

O‘tkir Hoshimov

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 100
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 171
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 411
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 648
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 614
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234108
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113397
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67830
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56756
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51173
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39467
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39317
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39003
“Avesto”

//