O‘qish puli


Saqlash
01:01 / 18.01.2022 0 1841

 

Poytaxtda oʼqiyman. Vaqtida shartnoma pulini toʼlamasak, dekan oʼrinbosari butun guruh oldida meni uyaltiradi. Otamga qoʼngʼiroq qilib, qistovga olaman.

– Qachon joʼnatasiz?

– Odam topilmayapti, bervoraman, xavotirlanma, – otam shu soʼzdan nariga oʼtmasdi.

Jigʼibiyron boʼlaman. Butun boshli qishloqda nahot bitta poytaxtga keladigan odam boʼlmasa? Birdan akamning mashina olmoqchi boʼlib yurgani xayolimga keldi. Аkamga qoʼngʼiroq qildim.

– Otamdan pul olishga uyaling, – dedim achchiq gap bilan uzib olib. – Sizni deb men oʼqishdan haydalib ketishim mumkin.

Аkam «xoʼp, keyin gaplashamiz» deb gapni qisqa qildi. Xullas, naq oʼn kun kechikib shartnoma pulini toʼladim. Bu vaqt mobaynida dekan oʼrinbosari – estetika-etika fanlari nomzodi ikki marta dars oʼrtasida kirib, vaqtida toʼlovni amalga oshirmaganlar qatori meni ham rosa izza qildi. Mulzam boʼlganim uchun otam bilan akamdan xafa boʼlib ketdim.

Yangi yil keldi. Taʼtilga chiqdik. Uyga ketdim. Borishim zahoti oʼqishimning qolgan yarim yillik pulini olib qoʼyaman deb reja qildim. Koʼchamizga burilgach... Uyimiz oʼrnida kichkina uychaga koʼzim tushdi. Bogʼimizdagi chinordan boshqa hamma narsani sel yuvib ketibdi...

– Ota, nega aytmadingiz?

Аkam izoh berdi:

– Koʼngling choʼkib, oʼqishdan chalgʼiysan, deb xabar qilishimizga ruxsat bermadilar.

Otamning togʼdek bardoshi qarshisida uyat, or, vijdon deganlarini ilk bor tuydim...

 

Shoira OʼKTАM

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 246
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 242
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 597
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 354
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 528
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232983
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112757
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65391
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55228
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49590
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39117
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38217
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36926
“Avesto”

//