“Qo‘limda igna-yu tizzamda kashta”


Saqlash
17:01 / 17.01.2022 0 4159

O‘zbek milliy kashtado‘zlik xalq hunarmandchilik san'atining eng qadimiy turlaridan bo‘lib, u xalqning o‘z turmushini go‘zal qilish istagi natijasida yuzaga kelgan. Kashta kiyimlar va buyumlarni bezashda hamda ro‘zg‘or bezak buyumlari tayyorlashda qadimdan qo‘llaniladi.

 

Kashtachiligimiz san’ati nafaqat mamlakatimizda, balki chet ellarda ham shuhrat qozongan. O‘zbek chevar ustalari qo‘llari bilan tikilgan kirpich, so‘zana, zardevor, gulko‘rpa, choyshab kabilar Fransiya, Italiya, Yaponiya, Germaniya, Belgiya, Amerika, Hindiston kabi xorijiy, shuningdek, Respublikamizning Farg‘ona vodiysida faqat xonadonlarda emas, balki amaliy san’at muzeylarida ko‘p namunalari to‘planib, doimiy ekspozitsiyaga aylanib qolgan.

 

 

Hozirgacha buyumlar o‘ziga xos go‘zallik, nafis bezaklarning rang-barangligi bilan kishilarni hayratga solib kelmoqda. Badiiy kashtachilik uzoq tarixga ega, buni arxeologik topilmalar va yozma manbalar isbotlab bermoqda. O‘zbek kashtachiligi iqlimi, tabiiy sharoit, muhit bilan bog‘liq holda barcha kasb-hunarlari bilan birgalikda rivoj topgan. XIV–XV asrlarga mansub miniatyuralar orqali kashtachilikning juda qadimdan rivojlanganini ko‘rish mumkin. Ispan elchisi Rui Ganzalem de Klavixo Amir Temur saroyida o‘zbek milliy kashta bezaklarini ko‘rganini kundaligida yozib qoldirgan.

 

O‘zbek kashtachiligi qo‘shni xalqlar kashtachiligi ta’sirida boyidi va rivojlandi. O‘zbek kashtalariga e’tibor bersak, unda hind, xitoy, rus, qozoq, qirg‘iz va tojik kashtachiliklarining usullarini uchratamiz.

 

 

Kashtachilik san’atida har bir millatning o‘ziga xos eng ko‘p qo‘llaydigan naqshlari bo‘ladi. Shulardan biri o‘zbek milliy so‘zanalaridir. So‘zanalar XIX asr oxiri, Shaxrisabz. Oʻzbekiston va Tojikiston hududida keng tarqalgan. Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shaxrisabz va boshqalarda oʻziga xos tarzda tayyorlangan so‘zanalar kashtasi, naqshi, rangi jihatdan xilma-xil boʻlib, ulardan namunalar respublika va xorijiy mamlakatlar muzeylarida, xususiy toʻplamlarda saqlanadi.

So‘zanadagi rang tasvirlar aslida qadriyatlardan, urf-odatlardan so‘zlaydi. Har bir o‘zbek yo tojik oilasida qiz bola tug‘ilishi bilan uning sepini sozlash ilinjida uzoq muddatni talab qiluvchi so‘zanalar tikiladi. Keyinchalik qiz bola ulg‘aygach, uning o‘zi ham kashta tikib, sepini tiklaydi. Onalar yo buvilar tomonidan yosh qizlarga o‘rgatib kelingan naqqoshlik kasbi ham bu so‘zanalar yaratilishida muhim o‘rin tutgan.

 

 

Naqqoshlar, ya’ni qalamkash ayollar kashta tarhini tashlab berishsa, kashtado‘zlar uning ustidan naqsh solgan. O‘z paytida, ayollar uyda ip yigirishgan va undan to‘qilgan dag‘al, ammo pishiq matolarni so‘zana uchun ishlatishgan.

 

Ular, shuningdek, pilla tutishdan boshlab, ipak eshishgacha bo‘lgan jarayonni ham o‘zlari eplagan. Eng yakuniy mahsulot – kashtalar esa ma’no-ramzlarga to‘la. Hali to‘la ochilmagan gulg‘uncha naqshlari, uyasini qurish uchun og‘zida xas keltirayotgan qush tasvirlari yosh kelinchak orzu-umidlarini, tiklanayotgan yangi oilani ramzlantiradi.

 

 

 

Qat’iy islomiy va milliy an’analarga xos cheklovlar bilan yashagan XIX asr o‘zbek va tojik ayollari o‘z dil izhorini ham xuddi his-tuyg‘ulari kabi majoziy ma’nodagina ifodalashi lozim bo‘lgan. Deylik, hali to‘la yetilib, yorilmagan anor mevasi va baliq tasviri kashtado‘z qizning o‘z bola-chaqasi ko‘p bo‘lishi haqidagi orzu-havasini namoyon etadi.

 

Tumor va pichoq suratlarini solgan qizlar esa o‘z oilalarini balo-qazolardan, ko‘z-kinadan asrashni maqsad qilgan.

 

Bu orqali esa o‘zbek va tojik ayollari uchun oilaning o‘rni naqadar muhim bo‘lgani, ular nafaqat an’analar, balki farovonlik hamda totuvlikni asrashda ham katta o‘rin tutganini anglash mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 314
Qahramon

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 867
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 906
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 228475
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 110090
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 58922
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 46633
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 42739
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 36502
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 34654
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31926
Kompetentlik

//