Muruvvat


Saqlash
02:01 / 17.01.2022 0 1227

–Dadasi, televizor buzilib qoldi.

Ishdan charchab kelgan erini shunday shumxabar bilan qarshi oldi ayol.

–Nega? Nega buzilib qoladi? – so‘radi er.

–Bilmadim, – yelka qisdi xotin.

–Kun bo‘yi uyda o‘tirasan, sen bilmasang, kim biladi. Yangi televizor o‘z-o‘zidan buzilib qolmaydi-ku?!

Erkak ovqatga ham qaramay televizor tomon yugurdi. Hali u tugmani, hali bu tugmani bosdi, biroq sozlolmadi. Axiyri, televizorning orqa qopqog‘ini ochishga qaror qildi.

–Bu nimasi?

Erining g‘azab bilan baqirganini eshitgan xotin yugurib keldi va televizorning orqasi achib-bijib, qorayib ketgan yeguliklarga to‘lib-toshganini ko‘rib, hayratdan yoqa ushlab qoldi.

Er-xotinning nigohi beixtiyor bir burchakda bu mojarolarga befarq holda o‘yinchoq o‘ynab o‘tirgan qizaloqqa qadaldi. Aybdor topildi. Ota besh yoshli qizalog‘ini yoniga chaqirdi.

–Jenni, bu sening ishingmi? – so‘radi u yumshoq ohangda.

Qizcha bosh silkidi.

–Nega bunday qilding? – so‘radi ota qoshlari chimirib.

–Och bolalarga ovqat berdim.

–Qaysi bolalarga?

–Afrikaliklarga.

Otaning ko‘z oldida ochlikdan sillasi qurigan afrikalik bolalarning qiyofasi keldi-yu, birdan ko‘zlariga yosh qalqdi. U qizalog‘ini koyish o‘rniga beixtiyor bag‘riga bosdi...

 

Den ENDRYUS

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 174
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 449
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 402
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 725
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 436
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233520
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113069
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 66602
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55910
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50305
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39294
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38771
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37913
“Avesto”

//