Murg‘ak tasavvur


Saqlash
01:01 / 15.01.2022 0 1008

Kurash musoboqasi odatdagiday yosh polvonlar bilan boshlandi. Nor polvonning kenjatoyi hamma tengdoshlarini yiqitgach, bakovul maydon atrofida turgan bolalarni ko‘zi bilan chamalab, unga raqib izlay boshladi.

− Beri kel! – dedi u nihoyat tomoshabinlar safida turgan bir bolani imlab. – Yoshing nechida?

Bolakay maydonga chiqishga chiqdi-yu, aftidan odamlarning salobati bosdi. Go‘yo bakovulning savolini yaxshi eshitmaganday, garangsib  turaverdi.

−Yoshingni so‘rayapman? Nima, qo‘rqqaningdan tiling aylanmayaptimi? – tegishdi bokovul. – Kimning ulisan o‘zi?

−Bokovul bobo, u Qashqadaryodan kelgan mehmon, − baqirdi shunda, bolakayning shu yaqindagi xolavachchasi. – Yoshi o‘nda!

−Shunaqa demaysanmi! – bakovul ikki polvonni maydon o‘rtasiga yetaklab bordi. – Xaloyiq, emasam Nor polvonning uli Errayim polvon bilan, mehmon polvonimiz olishadi! Boshlanglar polvonlar!

Atrofiga alanglab faqat begona insonlarni ko‘rgan bolakayning shashti qaytdi. O‘z elida kurash tushib yurgan bo‘lsa-da, qovushmaygina Errayim polvonga yaqinlashdi. Ammo uni nazarga ilmayotgan Errayim qo‘sh poycha qilib qaltis usul qo‘llagan edi, mehmon bundan foydalanmay qolmadi...

−Gʻirrom! Boshqatdan olishaman, g‘irrom, chil soldi! – tura solib baqirdi Errayim. 

−Polvon, shattalikni enangizning uyida qilasiz! – deb hammani kuldirdi bakovul. – Xaloyiq, besh ming pul bilan bir belqars mehmon polvonniki! Haloli bo‘lsin!

Biroq mehmon polvon zot uzatib turgan bakovulga ikkilanib qaradi. Zotni negadir olgisi kelmay, orqaga tisarildi.

−Ha mehmon, nimaga tortinayapsiz? Yo Errayim uradi deb qo‘rqayapsizmi? – yana hammani kuldirdi bokovul. −Qo‘rqmang, olavering!

−Yo‘q, olmayman... –dedi mehmon yana bir qadam orqaga qaytib.− Oldin qishlog‘imning nomini ayting!

 

Bayram ALI

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 412
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 470
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 282
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 260
Yelib keldi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 226700
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108954
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 56379
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41648
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 41012
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 32310
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31238
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30990
Alpomish

//