Mavridi kelgan gal


Saqlash
02:01 / 14.01.2022 0 1157

Ona tushunmasdi: bir qorindan tushgan farzandlarining birini boshqasidan qanday  ustun qo‘yish mumkin?  Ilgari  katta  qizi  «Singillarimni ayaysiz», deb xarxasha qilardi. Undan ko‘ra singillarini ko‘proq yaxshi ko‘rar ekanman, qiziq. Endi, bir ish buyursa,  kichiklari o‘zlarini kamsitilgan hisoblashadi. Axir katta qizi oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirmoqchi. Ko‘proq dars qilsin deydi. Yo‘q, singillar buni tushunishmaydi. Kenjatoyi,  hatto yuziga soldi: «Siz katta opamni ko‘proq yaxshi ko‘rasiz» emish. Yo tavba.

 

Ona qo‘shni qishloqda yashaydigan opasi yo‘qlab kelganda, suhbatlashib o‘tirisharkan, farzandlar haqida gap ketib,  unga qizlari istehzo qilibmi yoki bu balki  bir-biriga nisbatan qizg‘anishdir, go‘yo birini ikkinchisiga nisbatan ko‘proq yaxshi ko‘rishini uning yuziga solishib,  iddao qilishganini aytdi.

 

– Odamning o‘ziga bilinmaydi, haqiqatan ota-ona gohida farzandlarining birini boshqasidan ortiq ko‘radi, – dedi opasi uning o‘ylaganiga  teskari fikr bildirib.

 

– Bu mumkin emas, opa, – qondoshidan  taskin beruvchi gap kutgan singil e’tiroz bildirdi. – Hammasi menga bir xil.

 

– Shunday deysan-da.  Rahmatli oyim ham mendan ko‘ra seni ko‘proq yaxshi ko‘rardi. Esingdami...

 

Xurshid NURULLAYEV

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 100
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 171
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 411
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 648
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 614
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234108
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113397
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67830
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56756
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51173
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39467
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39317
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39003
“Avesto”

//