Dunyoning chekkasida yashaydigan xalq


Saqlash
16:01 / 13.01.2022 0 2059

Chukchalar haqida eshitmagan odamni topish qiyin. Ayniqsa, ular to‘g‘risida turli latifalar keng tarqalgan. Biroq ularning sivilizasiyadan uzoq hayoti haqda kulib gapirish mushkul...

 

Makon va til 

Chukchalar shimoliy-sharqiy Osiyo xalqlariga tegishli bo‘lib, bu nom XVII asrda paydo bo‘lgan. Chukcha so‘zining ma’nosi “badavlat bug‘ular”ni anglatadi. Ular shimoliy muz okeanining katta qismini egallashgan, asosiy xalqi Chukotkada yashaydi.  Chukchalar 1930-yildan kirill alifbosiga o‘tishgan, adabiyotlari rus tilida yoziladi. O‘z milliy tillari esa o‘tgan asrda yo‘qolib ketgan.

 

Ism qo‘yish odati

Chukchalar bola tug‘ilgach, besh kun o‘tib unga ism tanlaydilar. Odatda ismni onasi qo‘yadi. Onaning qarshisiga turli buyumlar terib qo‘yiladi, ayol ularning nomini birma bir aytadi. Qay bir buyum qimirlasa, go‘dakka shu ism tanlanadi. Bu ismlar biror jonivor, yil fasli, joy nomi bo‘lishi mumkin. 

 

Aholisi

2010 yil holatiga ko‘ra, chukchalar 15 mingdan ortiq kishini tashkil etardi. Ular yil sayin kamayib borishmoqda. Chukchalar o‘rtacha 42-45 yil yashaydi. Bunga to‘laqonli ovqatlanmaslik, algokol va tamaki sababdir. Buning ustiga tug‘ilish ham kamayib bormoqda. 

 

Xarakter

Chukchalar ta’sirchan va hissiyotli odamlar sanaladi. Ular tabiatan mustaqillikka intiluvchan bo‘lishadi. Mehmondo‘st va qo‘ni qo‘shnilarga yordamga shay turishadi. Ochlik davrida ular ruslarni boqqan.

 

Din

Ular tabiatga sig‘inishadi: suv, olov, o‘rmon, jonivorlar, bug‘u, ayiq, qarg‘a, osmon, oy, quyosh va yulduzlarga. Chukchalar yovuz ruh yerga kambag‘allik, o‘lim va kasalliklar olib kelishidan cho‘chib turli tumorlar taqib yurishadi. O‘tgan asrdan beri chukchalarning ko‘p qismi nasroniylikni qabul qildi, ammo eski aqidalarga sodiq odamlar ham bor. Chukchalar inson besh marta dunyoga kelishiga ishonadilar, shu sabab o‘limdan qo‘rqishmaydi. Urushda dushman qo‘lida halok bo‘lganlar  Ajdodlar dunyosiga tushishlariga ixlos qiladilar. 

 

Oila

Ayolning eri vafot etsa, u marhumning yaqin qarindoshlaridan biriga turmushga chiqadi. Bevaga uylangan erkaklar uning bolalarini qaramog‘iga olishi shart. Avvallari chukchalar ayollarni boshqa oiladan o‘g‘irlab kelishardi. Evaziga o‘z oilasidan bir qizni berardilar. Homilador ayollar hamma bir tengma teng mehnat qiladi. Eng qiyini, tug‘ruq payti ayolga hech kim doyalik qilmaydi, u tayyorlangan xonada go‘dakni bir o‘zi dunyoga keltirishi kerak. Go‘dak tug‘ilgach ayol o‘z kindigini o‘zi kesgan. Agar ayol tug‘ishni eplolmay uzoq qiynalsa, unga qarindosh ayollar yordam berishgan. Chaqaloqqa darhol tumor taqishadi. Ayollar avvallari bolasini 4 yoshgacha emizgan.

 

Taomlari

Chukchalarning milliy taomi bug‘u go‘shti va baliqdan tayyorlanadi. Ayniqsa, qaynatilgan kit, tyulen va bug‘u go‘shti tansiqdir. Monyalo degan taom esa bug‘u oshqozonidan pishiriladi. Algokol va giyohli damlamalar ko‘p ichiladi.

 

Hayot tarzi

Qadimda chukchalar bug‘ularni ovlab kun ko‘rishgan. Vaqt o‘tib ularni xonakilashtirishgan. Ular bug‘ulardan yeyish uchun go‘sht, kiyinish uchun teri olishadi, tirik holda transport vositasi sifatida ishlatishadi. Dengizga yaqin yashovchilar kit, morj, tyulen ovlashadi. Erkaklar ovdan so‘ng so‘yilgan jonivor qonini yuzlariga surishgan va qurbonlik marosimini o‘tkazishgan. Ayollar esa o‘rmon mevalari va foydali ildizlar terishadi.  

 

Jangovarlik

Chukchalar hamisha mahoratli jangchi bo‘lgan. O‘g‘il bolalarni olti yoshdan boshlab turli sinovlarda toblashadi. Ular qo‘shni eskimoslarga qarshi tez-tez urush ochib turishgan. Chukcha ayollar doim o‘zlari bilan pichoq olib yurishgan. Kimgadir asir tushsalar o‘z jonlariga qasd qilishgan. Chukchalar ruslarni yenggan xalq sifatida tarixda qolgan. Ular jang paytida 20-40 metrgacha sakray olgan. Ularning bunday parvozlariga olimlar hali izoh topishganicha yo‘q. Qadimda ularni qul sifatida sotishgan, balki ular asrlar davomida hayot sinovlarida toblanib jismonan kuchli bo‘lishgandir.

 

Tagliklar ixtirochilari

Bolalar tagliklarini ilk marta chukchalar o‘z hayotlariga tadbiq qilishgan. O‘tgan asrda ayollar bug‘uning yumshoq va suv shimadigan terisidan taglik tikib go‘daklarga kiydirishgan. Uni kuniga bir necha marta almashtirib quritishgan. Sovuq iqlim tufayli ular qishda shunday ixtirolar kilishga majbur bo‘lishgan.

 

Zamonaviy chukchalar

Hozirgi kunda ajdodlari kabi yashash tarziga ega chukchalarni topish qiyin. Buning ustiga ular ozchilikni tashkil qiladi. Sovet davri qonunlari ularning madaniyatini tubdan o‘zgartirib yuborgan.  Chukotkaga borsangiz chukchalar haqda latifa eshitaman deb o‘ylamang. Bu yerda avvalo, haqiqiy chukchani ancha izlashingizga to‘g‘ri keladi. Hozir ham ayrim chukchalar sivilizasiyadan uzoq, baliqchilik yoki bug‘uchilik bilan mashg‘ul. Ko‘plab chukchalar esa o‘z hayotini qurish uchun boshqa yerlarga ko‘chib ketishgan.

 

Bayramlar

Noqulay sharoitga qaramay, chukchalar bayram qilishni, bir-birlari bilan o‘zaro hazillashishni yoqtiradilar. Milliy bayramlardan biri Baydar – qayiqda jamoa bo‘lib kit tutishga bag‘ishlanadi. Ular yil bo‘yi baliq ovlaganlari uchun dengiz jonivorlaridan uzr so‘rash marosimini o‘tkazadilar. Baralla qo‘shiq kuylashadi. Shundan so‘ng dengiz tubiga kitning skeletini tashlab yuboradilar. Shu tariqa o‘zlarini yengil sezishadi. Bundan tashqari, bug‘uga bag‘ishlangan Kilvey bayrami ham bor. U bahor faslida bo‘lib o‘tadi.   

 

Nodirabegim tarjimasi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 12
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 13
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 93
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 197
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 514
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 932
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218663
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104448
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 33580
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27247
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26229
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 24733
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24715
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21607
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//