Holva


Saqlash
23:01 / 12.01.2022 0 2193

Bugun ertalab Vazirdan olganim – topshiriq bo‘yicha boshimni ko‘tarmay kompyuterda yozib o‘tirsam, hamkasbim Sardor kirib keldi. Uyidan – Samarqanddan yuborishgan shekilli, qo‘lida yong‘oqli holva bo‘lagi hamda bir dona “soch holva” (bizni qishloqda shunaqa deyiladi). Menga yong‘oqli zo‘r holva olib kelganini aytdi, mening bunimas, ustida turgan “soch holva”ni yaxshi ko‘rishimni eshitib, hayron bo‘lib “nahotki, bu oddiy holva-ku” dedi. U qayerdan bilsin, bu holvani nega yaxshi ko‘rishimni… Men esa Sardor xonadan chiqib ketgunicha yig‘idan o‘zimni bazo‘r ushlab turdim.

 

…Juda yosh, adashmasam, 2-3-sinflarda o‘qirdim. Maktabimizda saylov bo‘layotgandi, men ertalab otamdan olganim – 1 so‘m pulga nimalardir, jumladan, ikki dona “soch holva” sotib oldim. Maktab yonidagi tibbiyot punkti – onamning yoniga kirib, bir dona holvani ularga qoldirmoqchi bo‘ldim, ammo o‘zimga qaytarib berdilar, yo‘lda dugonamga bir dona holvani berdim.

 

Uyga kelgach, ko‘chaga o‘ynagani chiqib, holva esimdan chiqib ketgan. Qorong‘u tushgach, uyga kirsam holva yo‘q, bilsam uni o‘zimdan 3 sinf baland o‘qiydigan akam yeb qo‘yibdi, men holvamni topib berishini so‘rab yig‘lay boshladim. Soat kechki 7, u paytlar do‘konlar yo‘q, qishlog‘imizdagi do‘kon allaqachon yopilgan, tuman markaziga borib kelish uchun avtobus faqat ertasi kuni ertalab bo‘ladi.

 

Meni ovutishga rosa urinishdi, boshqa shirinliklar, pullar berishdi. Men esa arazlab, yig‘idan to‘xtamasdim. Shundan so‘ng otajonim uydan chiqib ketib, yarim tunda menga bir dunyo “soch holva” olib keldilar. Keyin bilsam, bu paytda tuman markazidagi do‘konlar ham yopilgan, otam ming azob bilan holvapazning uyini qidirib topib, menga holva olib kelgan ekanlar.

 

Uydagilarni qiynaganim, otamni rosa ovora qilganim hisobiga kelgan holvani yegim kelmadi, ertasi kuni bittasini yedim, qolganini dasturxonga olib kelib qo‘ydim, afsuski hech kim qo‘l uzatmadi. Holvamni yeb aybdor bo‘lgan akajonimga yalinsam ham yeyish tugul, hatto qarab qo‘ymadi… Xullas, 3-4 kun o‘tgach, holvalar qo‘shni bolalarga berildi…

 

Bugungi holva o‘sha xotiralarimni uyg‘otdi. Marhum otajonim va onajonimni, 48 ga kirib-kirmay bizni zor yig‘latib ketgan – holvamni yeb qo‘ygan akajonimni esladim. Qaniydi, ular hayot bo‘lishsa edi, men yuzlab, minglab, o‘n minglab holva ko‘tarib borsam ularning huzuriga... 

 

Saodat BOYMIRZAYEVA

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 100
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 171
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 411
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 648
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 614
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234108
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113397
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67830
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56756
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51173
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39467
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39317
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39003
“Avesto”

//