Ota


Saqlash
01:01 / 12.01.2022 0 1568

Ota to‘lib-toshib keldi. Uyda to‘polon bo‘lib ketdi: to‘rt bolasi yugurib kelib, quchog‘iga otildi. Otaning ko‘zi narigi xona eshigida mo‘ltirabgina turgan qizchaga tushdi. U uzoqroq bir qarindoshining yetimchasi edi.

– Dada! – dedi kenja o‘g‘ilchasi.

Ota unga shokolad berdi.

– Dada, mengayam! – degan kichik qizchasi o‘z ulushini oldi.

– Dadajon! – dedi uchinchi farzandi. U ham benasib qolmadi.

– Dada! – dedi to‘ng‘ich o‘g‘li.

Uyiga mehmon qizaloq kelganidan bexabar ota shokoladni qo‘lida tutib, bir nafas turib qoldi va bir o‘g‘liga, bir yetim qizchaga tikildi.

Shu mahal yetim qizaloq katta qizni imlab chaqirdi. Qulog‘iga shivirladi. Katta qizi kelib, otasiga shunday dedi:

– Dugonam «Dadangni men ham dada desam maylimi?» deb so‘rayapti...

 

Jasur KENGBOYEV

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 100
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 171
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 411
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 648
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 614
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234108
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113397
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67830
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56756
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51173
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39467
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39317
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39003
“Avesto”

//