Aristotel fikriga tuzatish kiritgan Sharq kimyogari haqida bilasizmi?


Saqlash
15:01 / 11.01.2022 0 1573

O‘rta asrlarda Sharqning mashhur kimyogari bo‘lgan Abu Bakr ar-Roziy Aristotel fikrlariga tuzatish kiritgan edi. Uning fikricha, metallar murakkab moddalar bo‘lib, o‘ziga xos xossa va xususiyatlarga ega. Ar-Roziy o‘zining 200 dan ortiq ilmiy ishlarida, shu jumladan, kimyoga oid mashhur “Sirlar kitobi” asarida o‘sha davr kimyosida qo‘llanilgan barcha moddalar, asbob-anjomlar va tadbirlarni mufassal bayon etdi va shu asosida ko‘plab tajribalar o‘tkazdi.

 

Roziy ham Oʻrta asr kimyogarlarining ustozi Jobir ibn Hayyom singari iksir yordamida bir metallni ikkinchi metallga aylantirish mumkin deb oʻylardi. (Jobir ibn Hayyom metallarni “takomillashtirish” va “tuzatish” orqali oltin va kumushga aylantirish mumkin degan gʻoyani ilgari surgan edi). Bundan tashqari, metallarni turli nisbatda bir-biriga qoʻshish orqali ham oltinga oʻxshash metall hosil qilish ustida koʻp tajriba olib bordi. Biroq Roziy shu usulda tayyorlangan metallar koʻrinish jihatidan oltinga oʻxshasa-da, hali ular yuqori sifatli oltin emas deb ta’kidlagan. Buning isboti uchun qorishmalarni tarkibiy qismlarga ajratib chiqаdi.

 

Xorazmlik ikki olim – Abu Abdullo Muhammad ibn Yusuf Kotibiy Xorazmiy va Abdulhakim ibn Abdulmalik al-Kosiy ham kimyo tarixiga katta hissa qo‘shdi. O‘rta Osiyoda, umuman, Sharqda kimyo fanining taraqqiyotida buyuk tabib va faylasuf Abu Ali ibn Sinoning roli ham nihoyatda katta. U kimyogarlarning oddiy metallarni oltinga aylantirish to‘g‘risidagi fikrlariga keskin qarshi chiqdi. Metallarning paydo bo‘lishi masalasida u ham Jobir nazariyasiga o‘xshash nazariyani ilgari surdi, ammo Ibn Sinoning fikricha, o‘sha davrda ma’lum bo‘lgan har qaysi metall o‘zicha alohida bir moddadir (biror yagona metallning turi emas). Bir metallni ikkinchisiga aylantirish uchun uning tarkibiy qismlari (oltingugurt, simob va boshqa aralashmalar) orasidagi nisbatni o‘zgartirish kerak. Vaholanki, biz bu nisbatning qanday ekanini bilmaymiz, demak, uni o‘zgartirishga qodir emasmiz, deydi Ibn Sino.

 

O‘rta asr kimyogarlari oddiy metallarni oltinga aylantirish haqidagi o‘z nazariyalarini amalga oshirish yo‘lida ko‘p kuch va vaqt sarfladi. Natijada, ular turli moddalar va asboblarni kashf etdilarki, bularning ko‘p qismi hozirgi kimyo ilmida keng qo‘llaniladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 339
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 324
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 325
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 328
Narxning navosi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 224815
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107754
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55217
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 40225
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 39916
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31481
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30619
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30012
Alpomish

//