Bir qop un


Saqlash
01:01 / 10.01.2022 0 1264

Bir o‘zbek Finlandiyaga ishlagani borib, un tegirmoniga haydovchi bo‘lib ishga kiradi. Katta mashina, tonnalab yuklarni u yoqdan bu yoqqa tashib yurib, shopirimiz bir holatga e’tibor qilib qoladi: pishiriq qiladigan fabrikaga unni olib borsa, hech kim un to‘la qoplarni sanab olmayapti, hech kim qog‘oz-qalam qilmayapti. Shunda xayoliga kelgan rejasidan "Qandingni ur, shopirbola", deb xursand bo‘lib ketadi.

 

Ertasiga, ayni ish buyurilgan kuni "Kim bilib o‘tiribdi, shuncha qop undan ikki qopini uyga tushirib ketsam?" – deb uyiga tushirib ham ketadi. Ammo yevropaliklar biz o‘ylaganchalik anoyi emas ekan: hamma joy kompyuterlashtirilgan, hisob bo‘yicha mahsulot chiqmagan. Pishiriq fabrikasi darrov to‘polon-janjal qilmasdan, shartnoma shartini bajarmagan tegirmonga, faks jo‘natgan.

 

Tegirmon xo‘jayini barcha ishchilarni yig‘ib dala-do‘mbara qilmasdan, aynan shopirbolani chaqirib, tushintirib gapirgan:

– Falonchi, nima bo‘ldi? Olib borgan yukingiz kam chiqibdi-ku?

Shopirimiz oldindan tayyorlab qo‘ygan bahonasini aytibdi:

– Yo‘llar o‘ydim-chuqur bo‘lsa, bilmasam, tushib qolgan bo‘lsa, bordir.

Xo‘jayin o‘ylanib turib:

– Mayli, ishlab turgin-chi, ko‘ramiz, – deb, boshqa joylarni taftish qilib ketibdi.

 

Kechga yaqin shopirimizni chaqirib, urib-so‘kmasdan:

– Falonchi, bugun birga ketamiz. Mashinaga ikki qop unni yuklab olgin, – deb buyruq beribdi (aslida iltimos qilgan).

Ikkovlon yo‘lda ikki qop unni tashlab ketishibdi. Shopirimiz hayron bo‘lib so‘rabdi:

– Janob, nega unni yo‘lga tashlab ketyapmiz?

– Bir do‘stimga kerak ekan, shunga. Uyigacha olib bormaymiz, o‘zi qachon kelsa, olib ketadi.

 

Shopirimiz keyingi kunlari yuk tashish asnosida qiziqib o‘sha yo‘ldan yurar emish-u, hech kim haligi unlarni olib ketmasmish. Bir kun o‘tibdi, ikki kun o‘tibdi, uchinchi kun xo‘jayin shopirni chaqirib,

– Haligi ikki qop unni olib kelaylik, do‘stimga kerak bo‘lmay qolibdi, – depti.

Shopir unni mashinasiga yuklab bo‘lgach, xo‘jayin shopirdan so‘rabdi:

– Mana, shu ikki qop un ochiq joyda uch kun turdi. Men hayronman, sening mashinangdan tushib qolgan un qayoqqa ketdi ekan-a?

 

Shu joyida shopirning ahvolini tasavvur qilib ko‘rgandirsiz? Xo‘jayin shopirga qarab, "Endi men seni qamataman. Hech qayerga ishga olmaydigan qilaman. Keyin oldimga yalinib kelasan", deyish o‘rniga "Endi bu ishingni qaytib qilma", deb aytibdi, xolos.

 

 

    Saidakram Abdurahmonov

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1261
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 239
“Qozondi” fe’lidagi “qozon” haqida

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 255
Marjumakdan shoʻrva qilib boʻladimi?

Bilasizmi?

15:02 / 28.02.2025 0 197
Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon

Bilasizmi?

14:02 / 28.02.2025 0 214
Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 223178
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106760
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 48780
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 37012
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 35392
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29637
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 28546
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 28467
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//