Londonlik ayol sadoqati – metro bekatlarida yangraydigan ovoz tarixi


Saqlash
16:01 / 06.01.2022 0 1420

 

Londonlik Margaret MakKolum har kuni metroga tushib, bekatda yangraydigan ovozli e’lonni eshitib o‘tirardi. Mind the gap”, ya’ni “Chiqayotganda ehtiyot bo‘ling” deya bong uruvchi ushbu so‘zlar 1950 yilda Osvald Lourens tomonidan o‘qilgan va shundan buyon metroning har bir bekatida doim yangrab turgan.

 

2007 yilda Osvald vafot etgach, rafiqasi chuqur qayg‘uda qoldi. Lekin ayol anduhini biroz bo‘lsa-da kamaytirish yo‘lini topdi. U har kuni metroga tushib, erining ovozini, bir og‘iz gapini takror-takror eshitish orqali uni o‘zining yonida his qilishdek baxtga erishdi.

 

 

Biroq taraqqiyot asrida o‘zgarmaydigan narsaning o‘zi yo‘q: metrodagi e’lon ham robot ovoziga almashtirildi. Ilojsiz qolgan Margaret Londonning transport boshqarmasiga murojaat qilib, uyda eshitib yurish uchun  ovoz yozilgan kassetani so‘radi.

 

 

Ayolning ta’sirli hikoyasini eshitgan transport kompaniyasi o‘z insoniy qiyofasini ko‘rsatdi va ajoyib ishga qo‘l urdi. Sadoqatli bevaning uyi yaqinida joylashgan “Embankment” bekatida e’lonning Osvald Lourens o‘qigan varianti yangraydigan bo‘ldi. Kompaniya bu ishi bilan bir tomondan insonlararo muhabbatga ehtiromini bildirdi, boshqa tomondan Osvald va Margaret muhabbatini London ahliga har kuni eslatib turuvchi ma’naviy yodgorlik yaratdi.

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 224
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 239
Eng qimmat shirinlik

Bilasizmi?

14:07 / 22.07.2026 0 152
“O‘ktam”ning etimologiyasi

Bilasizmi?

11:07 / 22.07.2026 0 273
Vafo va vafot



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 236326
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115126
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68749
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57911
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52300
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41131
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39963
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39944
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//