Qora yurak


Saqlash
15:01 / 03.01.2022 0 3393

Endigina olti yoshga to‘lgan o‘g‘lim stolga muk tushgancha rasm chizayotganini ko‘rib, qiziqqancha oldiga bordim.

−O‘g‘lim, nimaning rasmini chizyapsan?

−Sizni, oyimni va o‘zimni, − oyisinikiga quyib qo‘yganday o‘xshaydigan nigohlarini menga qadadi. Suratga ahamiyat bersam, o‘zining va mening ko‘ksimga yurak chizgan, negadir ularni qoraga bo‘yagan edi.

−O‘g‘lim, yurak qizil rangda bo‘ladi, mana bu qalamda bo‘yash kerak edi.

−Buni bilaman.

−Unda nega qoraga bo‘yading?

U menga aybdorona boqib so‘zida davom etdi.

−Buvimning aytishicha, boshqalarni yig‘latgan odamlarning yuragi qora bo‘lar ekan, siz oyimni ko‘p yig‘latasiz-ku...

Shuurimga chaqmoqday urilgan gapdan, shu kungacha farzandim oldida qilgan ishimdan, o‘z o‘g‘limdan uyalib ketdim. Gapni olib qochmoqchi bo‘ldim.

−Seniki nega qora unda? Sen ham biror qo‘shni qizni yig‘latdingmi yo?

−Yo‘-o‘-o‘q! Men hech kimni yig‘latmadim. Shunchaki... O‘zingiz aytasiz-ku doim, "sen xuddi menday bo‘lishing kerak" deb, shunga...

Dilbandimni bag‘rimga bosar ekanman, ko‘zlarim nam, bir jumla bo‘g‘zimni kuydirib otilib chiqdi: "Otangga o‘xshama, o‘g‘lim!"

 

Aziz NUR

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 246
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 242
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 597
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 354
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 528
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232983
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112757
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65391
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55228
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49590
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39117
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38217
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36926
“Avesto”

//