Sovg‘a


Saqlash
02:12 / 30.12.2021 0 1780

Yetti yashar qizim Tamiko shu kunlarda juda xursand. U Yangi yil kirib kelishini va Qorbobo hammaga sovg‘a ulashishini intiq bo‘lib kutmoqda. Bugun Tamiko maktabdan qaytiboq, xonasiga kirib oldi. Hech kim kirmay turishini aytdi.

Bilishimcha, uning qo‘li to‘la sovg‘a edi. Birozdan so‘ng u eshikni ochdi va o‘ralgan sovg‘alarini archa tagiga terib qo‘ydi. Men erim bilan asta ularga ko‘z yugurtirdik.

Tamiko sovg‘alarning ustiga “onamga”, “dadamga”, “ukamga” deb yozib qo‘ygandi. Mamnun holda qizimning boshini siladim. Bir payt mening sovg‘amning orqasida turgan yana bir qutiga ko‘zim tushdi. Tamiko unga “buvimga” deb yozib qo‘ygandi. Yuragim zirillab ketdi.   

Qizimning umidbaxsh ko‘zlariga turmulib, nima deyishni bilmay qoldim.

– Axir hamma sovg‘asini ochgani keladi-ku, to‘g‘rimi, oyi? – dedi u ilinj bilan.

Gap shundaki, uning buvisi bundan to‘rt hafta ilgari qazo qilgandi. Hammadan ko‘ra buvisini yaxshi ko‘radigan Tamikoning bu tuhfasidan uyimizga onamiz qaytgandek bo‘ldi.

 

  Karla Fodor

Nodirabegim tarjimasi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 298
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 404
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 623
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234971
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114276
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68207
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57222
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51607
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40146
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39613
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39503
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//