O‘rta asrlarning zanjirlangan kitoblari


Saqlash
16:12 / 29.12.2021 1 2381

Bugungi kunda dunyoda turli nashriyotlar tomonidan kuniga minglab kitoblar nashr etilmoqda. Masalan, jahonning rivojlangan davlatlaridan biri bo‘lgan Buyuk Britaniyada har yili million kishiga ikki mingta yangi kitob yozilib, chop etiladi. Ko‘rib turganingizdek, bu faqat yangi asarlarninggina hisob-kitobi. Qayta nashr etiladiganlar ro‘yxatiga qarasak, ancha-muncha raqamlarga duch kelishimiz aniq. Yurtimizda ham hozirda ko‘plab nashriyotlar faoliyat yuritib kelmoqda. Yangi asarlar, yangicha dizayn, sevimli kitoblarning turfa muqovasini ko‘rib, beixtiyor quvonasiz.

 

Ammo hamma davrlarda ham kitoblar hozirgidek jilvalanib turmagan, odamlar ularni o‘qish tugul, varoqlash imkoniyatiga ham ega bo‘lmagan. Masalan, o‘rta asrlarda Yevropada kitoblar kam va juda qimmat boʻlgan.

 

Shuning uchun ham ilk o‘rta asrlar ba’zan “qorong‘u asrlar” deb ham ataladi. Antik davrdan o‘rta asrlarga o‘tish G‘arbiy Yevropada chuqur madaniy tanazzul bilan birga keldi. G‘arbiy Rim imperiyasini vayron qilgan bosqinchilarning yurishlari antik davrning madaniy qadriyatlari yo‘q bo‘lib ketishiga olib keldi. Vestgotlar, vandallar va lombardlarning hujumlaridan kam bo‘lmagan halokatli cherkovning dushmanlik munosabati qadimgi madaniy merosga aylandi. Rim papasi Grigoriy I ta’limga qarshi ochiq urush olib bordi. U antik mualliflarning kitoblarini oʻqishni va matematikani oʻrganishni man qildi. Madaniyatning eng muhim sohasi – ta’lim og‘ir kunlarni boshdan kechirdi.

 

Xattoki, kutubxonalarda o‘g‘rilikning oldini olish uchun kitoblar ko‘pincha javonlarga zanjirlab qoʻyilar edi. Bu amaliyot 1880-yillarning oxirigacha, kitob nashr etish ommaviy hodisaga aylanguncha va tannarxi pasayguncha yo‘qolmadi. Bugungi kunda dunyoda qimmatbaho kitoblari hali ham zanjirda saqlanadigan bir nechta kutubxonalar mavjud. Masalan, Angliyaning Hereford shahrida joylashgan kutubxona javonlarida hanuzgacha zanjirband etilgan kitoblarni uchratishingiz mumkin.

 

1 Izoh

Diyorbek

02:10 / 29.10.2023

Juda qiziqarli maroq bilan oqidim

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 132
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 354
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 758
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 231897
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112083
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64238
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 53991
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 48832
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38742
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37424
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 35663
“Avesto”

//