Kambag‘al, ammo boy oila


Saqlash
00:12 / 29.12.2021 0 1137

Yangi yil yaqinlashgan sari biz do‘stlar bir-birimiznikiga kechki taomga tashrif buyurishga kelishib oldik. Eng avval bir do‘stimnikiga boradigan bo‘ldik. Men uning qayerda va qanday yashashidan bexabar edim.

U kollejga avtobusda kelib ketardi. Uning uyiga yetib borgach, tilim aylanmay qoldi. Bitmagan uyning devorlari nuragan, hindlarning o‘rtahol oilasidan ham abgor holatda edi. Lekin do‘stimning ota-onasining mulozamatidan keyin bu kamchilik sezilmay qoldi.

Ular bizni mehribonlik bilan ichkariga taklif etishdi. O‘tirib ovqatlanadigan stol yo‘q shekilli, yerga dasturxon tuzashdi. Uy bekasi bizni ajoyib bir taom bilan siyladi: haligacha og‘zimdan ketmaydi. Do‘stimning otasi mexanik bo‘lib ishlar, topgan puli ikki o‘g‘lining o‘qishi uchun sarf bo‘larkan.

Ota bizning kelganimizdan xabar topib, ishidan barvaqt qaytibdi. U ust-boshi moyga belangan bir ahvolda kirib keldi. Do‘stim bu holdan hijolat tortmay, bizni tanishtirdi. Bu xotirjamlikdan biz ham o‘zimizni erkin his eta boshladik.

Birozdan so‘ng do‘stim bizdan “shirinlik yeysizlarmi”, deb so‘radi. Bir nima deb ulgurmasimizdan otasi tashqariga chiqib ketdi va bizga shirinlik keltirdi. Shunday kambag‘al... ammo badavlat xonadon barchamizda yaxshi taassurot qoldirdi.

Oradan ancha yillar o‘tdi. Do‘stim hozir katta bir idoraning boshlig‘i. Haydaroboddagi o‘sha eski uyini tiklab, ajoyib koshona qurdirgan. Haligacha har Yangi yilda bizni mehmon qiladi. Uylaridagi o‘sha nur esa yanada porloq ko‘rinadi, menga.

Do‘stimning aytishicha, aslida u o‘sha kuni bizni ilk marta uyiga taklif etganida juda hayajonlangan ekan. Agar o‘shanda biz uni mensimay, ketib qolganimizda uning umidini sindirgan bo‘lardik. U o‘sha Yangi yilni haligacha entikib eslaydi.

A. Keyur

 

Nodirabegim tarjimasi

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 432
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 639
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 230181
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 111056
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 62030
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 51294
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 46831
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38015
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 36083
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 33010
Kompetentlik

//