Tug‘ilgan kun


Saqlash
14:12 / 28.12.2021 0 2691

Telefonimga singlimdan SMS keldi. «Akajon, tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman. Uzoq umr ko‘ring», deyilgandi unda. Jahlim chiqib, ukamga qo‘ng‘iroq qildim.

 

– Bitta-yu bitta singlimiz akajonining tug‘ilgan kuni qachonligini bilmas ekan, – dedim. – Meni tabriklab, SMS yuboribdi. Yozda tug‘ilganimni yetkazib qo‘y!

 

Ukam biroz sukut saqlab turdi-da, so‘ng javob berdi:

 

– Menga ham SMS yuboribdi, tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman, debdi.

 

– Nima? Senga ham yuboribdi?.. Nega?

 

– Tushunmadingizmi? – xo‘rsindi ukam. – Aslida men bilan sizning emas, singlimizning tug‘ilgan kuni ekan!

 

Hech nima deya olmadim. Uyatdan yuzlarim lovullardi. Bittagina singlim! Onam o‘lganida u kishining kalishini yuziga bosib, yum-yum yig‘lagan singlim...

 

Anvar NAMOZOV

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 298
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 404
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 623
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234971
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114276
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68207
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57222
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51607
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40146
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39613
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39503
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//