Quti


Saqlash
22:12 / 26.12.2021 0 1218

Hozir menga yashirin raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘ldi.  Manzilimni so‘radi. Besh daqiqada yetib kelishini aytib, aloqani uzdi...

Besh daqiqa o‘tdi. U  xonamga kirib keldi. Usti-boshi kir-chir. Turishi chiqindixonlarni titib, u-bu terib sotadigan kishi taassurotini uyg‘otdi menda.  Qo‘lida bir quti bor edi. Salomlashib, uni stolimga qo‘ydi. Qog‘oz quti qor ostida qolgan shekilli, uniqib qolgan edi.

– Nima bu? – so‘radim undan.

– Chiqindilar ichidan topib oldim, – javob berdi u. – Sizniki ekan.

O‘yga toldim. “Nima ekan? Menga tegishli nima u? Nimani yo‘qotgan edim yoki biron joyda unutib qoldirdim?” Qiziqish ustun kelib, qutini ochishga tutindim. U meni to‘xtatdi.

– Shoshmang, men ketgach...

– Xo‘p. Buning uchun sizga qancha berishim kerak? – so‘radim undan maqsadi pul ekanini sezib. “Meni chuv tushirmoqchi”.

– Hech qancha! Faqat endi uni ehtiyot qiling.

U chiqib ketdi. Men qutini ochdim... Ne ko‘z bilan ko‘rayki, unda yuragim turardi. Hamma joyi qontalosh. Yig‘lab yubordim. “Senga shu umidlar bilan  berganmidim.?! Nega bunday qilding?”

 

Asliddin MUSTAFO

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 298
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 404
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 623
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234971
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114276
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68207
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57222
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51607
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40146
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39613
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39503
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//