Ustun


Saqlash
16:12 / 24.12.2021 0 1123

 Sochimni oldirib keldim. Tap-taqir boshimga razm solib otam xo‘rsindi.

– Ketyapman, degin.

– Ketyapman, ota.

– Qayergaligi ma’lum bo‘ldimi?

– Ma’lum. Afg‘onga deyishyapti. Yana... kim bilsin?

– Sovuq xabarning yolg‘oni bo‘lmaydi. Demak, urushga ketyapsan...

Otam boshini sarak-sarak qildi. Og‘ir uh tortdi – o‘pka-jigari uzilib ketganday ihradi: «Hoy bola-ya, hoy bola...» Ichidan bir ihroq otilib chiqdi. Ustunga suyanib, menga tosh qotib termilib turdida:

– Otamni urush o‘ldirganini bilasan-a, – dedi nihoyat. – Uch yoshimda yetim qoldim. Otam meni yetim qildi. Lekin, lekin sen meni yetim qilma, bolam... – deya otam o‘pkasi to‘lib o‘kirib yig‘lab yubordi...

Oyoq-qo‘lim bo‘shashib, sillam qurib supaga o‘tirib qoldim.

Nazarimda, shu ustun bo‘lmaganda otam qulab tushardi. Nazarimda, shu ustun otamning boshidagi osmonni ham suyab turardi.

Urushga ketdim. O‘t-olov ichida sargardon kezlarimda quloqlarim ostida bir yalinch jaranglab turdi: «...Sen meni yetim qilma, bolam!..» Gospitalda tig‘ ostida yotganimda o‘sha iltijo jarangladi: «Sen meni yetim qilma, bolam...»

Dahshatli janglar oldidan Parvardigorga yalindim: «Ey, xudo, o‘zing asra, men o‘lmayin, otam yetim qolmasin...»

Men qaytdim. Men bir urushni ko‘rdim. Otam ikki urushni – men va otasi tufayli ikki urushni ko‘rdi. To‘g‘ri, urushning katta-kichigi bo‘lmaydi. Faqat bir narsa taskin beradi: «Mening urushim» otamni yetim qilmadi.

Xudoga shukr, otajonim hayot! Umri uzoq bo‘lsin, sakson yoshga qarab yuryapti. Hovlimiz o‘rtasida o‘sha ustun hali ham turibdi. Yaqinda men ustun atrofiga to‘rtburchak qilib odam beli barobarida marmar devor tortdim. Men bu ishni endi hech kim ustunga suyanmasin degan o‘y bilan qildim. Chunki ustunni ag‘darib tashlashga jur’atim yetmadi... U og‘ir kunda otamni suyagan edi... Men otamga ustun bo‘lolmagan kez  shu  ustun otamga suyanch bo‘lgan edi...

 

Qo‘chqor NORQOBIL

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 298
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 404
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 623
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234971
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114276
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68207
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57222
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51607
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40146
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39613
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39503
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//