Hammani yig‘latgan vasiyatnoma


Saqlash
12:05 / 19.05.2025 0 124

13-may kuni tunda mahallamizda yolg‘iz yashovchi 73 yoshli onaxon vafot etdi. Onaxonning besh qizi bo‘lib, hammasini uzatgan, o‘zi esa yolg‘iz yashardi. Janoza vaqtida kutilmaganda kichik kuyovining o‘rtaga chiqib aytgan gapi hammani sarosimaga solib qo‘ydi.

 

Kuyovning aytishicha, onaxon unga tunda telefon qilib: – Bolam, kechasi bezovta qilganim uchun kechiring. Bir so‘zim bor edi. Balki bu so‘nggi qo‘ng‘irog‘im bo‘lar. Ertaga uyimga kelinglar. Yostig‘im ostida sizga bir omonat qoldiraman, – degan.

 

O‘sha qo‘ng‘iroqdan so‘ng onaxon omonatini topshirgan. Janozaga qarindosh-urug‘, qo‘shnilar va mahalla ahli yig‘ildi. Kichik kuyov esa onaxon aytganidek, bolish ostiga qarab, bir konvertni topdi u vasiyat xati edi.

 

Kuyov janozada barcha yig‘ilganida konvertni ochib, xatni o‘qib berdi, davradagilarning ko‘ziga yosh keldi. Unda shunday so‘zlar bitilgan edi:

 

“Alloh menga 5 qiz berdi, o‘g‘il bermadi. Men ularni qornimda ko‘tardim, tug‘dim, emizdim, o‘stirdim, o‘qitdim va egalariga topshirdim. Bugun oyoqlarimda kuch qolmadi. Ammo shu 5 ta qizlarimdan birontasi menga mehr berolmadi. Bugun yolg‘iz qoldim. Bugun qarilikdan tanam xasta bo‘lsa, mehrsizlikdan qalbim xasta. Bilaman, hozir hamma farzandlarim o‘limimni kutishyapti. O‘lsam, shu uy-joy ham talash bo‘ladi. Birgina siz, qizimdan yashirib bo‘lsa ham, bozorliklar qilib tashlab ketdingiz. Qo‘limga pul berdingiz. Dorilarimni olib berdingiz. Erka o‘g‘lim, Alloh bergan ne’matim, sizdan mingdan-ming roziman. Men bu dunyoda 5 qiz ko‘rib, bir marta bo‘lsa ham farzand mehrini ulardan his qilmadim, sizdan his qildim. Shuning uchun bu xatni qizimga emas, sizga qoldiryapman. Iltimos, bu xatni janozamda o‘qib bering. Mening hayotim odamlarga o‘rnak bo‘lsin. Bolalarini boqaman deb ishlab, tarbiyalariga vaqt ajratmay menga o‘xshab oxirida xor bo‘lmasinlar. Uyni bo‘lsa sizga vasiyat qilaman. Uni soting va tushgan mablag‘ni yetimlarga, tolibi ilmlarga bering. Afsus, ortimdan duo qiladigan farzandlar qoldirolmadim. Inshaalloh, shu tolibi ilmlar sabab Alloh meni jannati bilan siylaydi. Mendan rozi bo‘ling.”

 

Mahalla imomi bu vasiyatni eshitib dod”, deb yig‘ladi.

 

Yig‘ilganlar bu voqeadan qattiq ta’sirlandilar. Ayrimlar qizlariga achinishgan bo‘lsa, yana kimlar o‘zlarining qilmishlarini sarhisob qilib yig‘ladilar.

 

Ona – bola dunyoga keltirgani uchun emas, to‘qqiz oy qornida ko‘tarib, har bir nafasini farzandiga bag‘ishlagani uchun ulug‘dir. U o‘z hayotini bolasi uchun fido qilgan yagona insondir.

 

Bola kasal bo‘lsa, ona u bilan birga og‘riydi. Bola quvоnsa, ona dili yashnaydi. Ona – farzandining qadamiga duo, ko‘z yoshiga mehr, gunohiga mag‘firatidir. Uning har bir nafasida “bolam” degan iltijo yashaydi.

 

Muhammed Mamadraiumovning feysbuk sahifasidan olindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 242
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 287
Narxning navosi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1830
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 224591
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107616
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 54793
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 39527
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 39511
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 30926
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30342
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 29798
Alpomish

//