Osiyolik mehmonlarni haqoratlamagan Nikulin – besh yildan keyingi haqiqat


Saqlash
16:04 / 16.04.2025 0 1408

Yuriy Nikulin bir kuni erta tongda ishga ketayotgan edi. U dahshatli fojiaga guvoh bo‘ldi – piyodalar o‘tish joyida yosh ayol va uning olti yoshli o‘g‘lini mashina urib yubordi. Ona olamdan o‘tdi. Mo‘jiza yuz berib bola zarar ko‘rmadi. Shunchaki, to‘qnashuv chog‘ida uning qo‘li onasining kaftidan tortib olingan edi.

 

Yuriy Vladimirovichning birinchi qilgan ishi: bola qonga botgan onasini ko‘rmasligi uchun o‘zining kostyumini yechib, u bilan ayolning tanasini yopdi.

 

Politsiya tezda yetib keldi, voqea joyini o‘rab oldi, tez yordam mashinasi, o‘t o‘chiruvchilar, katta tomoshabinlar olomoni to‘plandi. Ular hayrat va o‘kinch bilan nima bo‘lganini muhokama qilishardi,yo‘l chetida o‘tirgan, yig‘layotgan bolagina e’tiborsiz qoldi.

 

“Bu qanday sodir bo‘ldi?” deb o‘yladi Nikulin, olomon ichidan chiqdi (politsiya taniqli aktyorni ko‘rib to‘xtatmadi, faqat salomlashdi) va bolaning yoniga o‘tirdi. Qo‘lidan kelganicha tasalli aytdi, asalari tasviri tushirilgan qizil galstugini berib, keyin uyiga, buvisinikiga ham taksida olib ketdi.

 

Shu kuni Nikulinning Yaponiya delegatsiyasi bilan yuqori darajadagi uchrashuvi bor edi. Yuriy Vladimirovich tabiiyki kechikdi. U deyarli bir yarim soat kechikdi va hatto ofisga kostyumsiz (kostyum protokol tadbirlari uchun maxsus chet eldan sotib olingan), galstuksiz, yenglari tirsagigacha shimarilgan oq ko‘ylakda kirdi. Tokio delegatsiyasi rahbari Ito Kobayashi va uning hamkasblari Nikulinning tashqi ko‘rinishi hamda kechikishini haqorat, osiyolik mehmonlarning diplomatik protokolini buzish, deb baholashdi, sirkni qo‘pollik bilan tark etishdi.

 

Besh yil o‘tgach, Kobayashi sirk direktori Nikulinning haqiqiy kechikish sababini, ya’ni o‘sha halokat sodir bo‘lgan bulvardagi voqeani bilib qoldi.

 

Shunda Kobayashi tomonidan Nikulin uchun kompaniyaga tegishli samolyot jo‘natilib, Yaponiya poytaxtiga taklif qilindi. Yuriy Vladimirovich taklif qilingan kabinetda yetmish sakkiz nafar yapon kostyumsiz, galstuksiz, oq ko‘ylaklarining yengi tirsagigacha shimarilgan holda egilib, ta’zim qilib kutib olishdi.

 

Bahriddin ASROR tarjimasi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 538
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 772
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 230646
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 111379
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 62705
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 52187
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 47616
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38301
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 36408
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 33340
Kompetentlik

//