“O‘zbekiston tavalludi”dan “To‘rtinchi ustun”gacha -biz haqimizda yozilgan asarlar


Saqlash
11:03 / 14.03.2025 0 107

Jahon adabiyotida O‘zbekiston va o‘zbek xalqi haqida yozilgan talay asarlar bor. Ular orasida badiiy asardan tortib sayohatnomagacha topiladi. Quyida ana shunday kitoblarni tanishtirib o‘tamiz:

 

O‘zbekiston tavalludi. Amerikalik olim Adib Xolid mazkur asarida zamonaviy tariximiz uchun burilish nuqtasi hisoblangan XX asrning 10-30-yillari haqida so‘z yuritadi. U paytda hali Markaziy Osiyo yagona, o‘zaro chambarchas bog‘liq millat va elatlardan iborat jonli organizm bo‘lib, ziyoli qatlam xalq kelajagi uchun kurashga bel bog‘lagandi. Shuningdek, muallif jadidlar faoliyati, ularning muxtoriyatga intilganlari haqida o‘ta qiziqarli fikr va faktlarni keltiradi.

 

O‘zbekistonning zamonaviy ayollari. Muallif AQShning Indiana universiteti professori Marianna Kamp kitobida o‘zbek xotin-qizlarining 1917-yilgi inqilobdan oldingi va keyingi hayot tarzini xalq tilidan yozib olingan hikoyalarga asoslanib tasvirlaydi.

 

Samarqandga yo‘l olgan eshelon. Taniqli rus adibasi Go‘zal Yaxinaning romani voqealari 1923-yilda ochlikda aziyat chekayotgan Volgabo‘yi bolalarini janubga olib ketayotgan poyezdlardan birida sodir bo‘ladi. Poyezd Qozon shahridan Samarqandga qarab yo‘lga chiqqan edi. Ya’ni Samarqand to‘kin-sochinlik va farovon hayotga umid ramzi sifatida gavdalanadi.

 

To‘rtinchi ustun. Asar muallifi Mariya Filipova O‘zbekistonga bir necha bor sayohat qilgan. Kitobdan bolgariyalik adibaning sayohat taassurotlari, yurtimizdagi shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlari hamda o‘zbek xalqi haqidagi iliq fikrlari o‘rin olgan.

 

Dengiz ortidan quvib. Tom Bissel yurtimizga ilk bor 1996-yili Tinchlik korpusi ko‘ngillisi sifatida tashrif buyurgan. Ikkinchi bor kelganida esa muallif yurtimiz haqida obdon o‘rganib chiqib, Orol dengizi muammolari haqida kitob yozadi.

 

Samarqand va men bilgan boshqa bozorlar. Nobel mukofoti sovrindori Vole Shoyinka yer yuzining sayqali Samarqandga sayohat qilmagan bo‘lsa-da, she’riy kitobiga shunday nom berishni ixtiyor etgan. Modomiki, bozor kosmopolitizmning eng muhim shakli ekan, Shoyinkaning nazdida, Samarqand “bozorlarning bozori” demak. Ammo muallif tasavvuridagi Samarqand shunchaki xayolot mahsuli ekanini tushunadi. Shunday bo‘lsa-da, u hech qursa she’riyat orqali Samarqandga olib boradigan yo‘lni topishga oshiqadi.

 

 Xiva sari uchar gilamda. Buyuk Ipak yo‘li ekzotik va sinoatli manzaralarga boy. Aksar sayyohlar bu yo‘ldan shunchaki o‘tib ketishadi… Kristofer Aleksandr esa bu yerda yashab, kitob ham yozgan. Kitobdan muallifning qadim Xiva shahrida qo‘nim topgani, hashamatli minora-yu masjidlar, madrasalar qurshovida yashagani, antiqa sarguzashtlari o‘rin olgan.

 

Yuqorida nomi keltirilganlar orasida Adib Xolidning “O‘zbekiston tavalludi” va Go‘zal Yaxinaning “Samarqandga yo‘l olgan eshelon” asarlari allaqachon o‘zbek tilida nashrdan chiqqan. Xabarlarga ko‘ra, “To‘rtinchi ustun” va “O‘zbekistonning zamonaviy ayollari” kitoblari ham tarjima va nashr etilish arafasida.

 

Shohrux USMONOV

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 509
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 115
“Qozondi” fe’lidagi “qozon” haqida

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 163
Marjumakdan shoʻrva qilib boʻladimi?

Bilasizmi?

15:02 / 28.02.2025 0 139
Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon

Bilasizmi?

14:02 / 28.02.2025 0 145
Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat

Bilasizmi?

16:02 / 27.02.2025 0 147
Radio O‘zbekistonga qachon kirib kelgan?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 222533
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106451
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 46445
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 36142
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 34311
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29364
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 28234
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 27771
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//