Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami


Saqlash
17:03 / 12.03.2025 0 2376

 

Hozirda 8-mart kunini koʻpchilik tomonidan xotin-qizlar bayrami sifatida nishonlanadi. Nafaqat Oʻzbekistonda, balki butun dunyoda ushbu kun xalqaro bayram oʻlaroq qabul qilingan. Maʼlumki, 8-mart 1913-1917-yillar oraligʻidagi ayollar harakati davrida bayramga aylangan. Xoʻsh, bunga qadar ota-bobolarimiz biror kunni ayollar bayrami sifatida nishonlaganmi?

 

Bundan bir yarim ming yil oldin Turkistonda ayollarining jamiyatdagi oʻrni yuqori boʻlgan va ajdodlarimiz ular uchun yilda maxsus bir kun hamda oʻsha kun keladigan oyni bayram sifatida nishonlashgan.

 

Islom dini kirib kelgunga qadar, Turkistonda 5-Isfandormoʻz moh kuni (hozir taxminan 23-fevralga toʻgʻri keladi) “roʻzi isfandormoʻz” bayrami oʻtkazilgan. Bu soʻzning maʼnosi “aql” va “mulohaza” demakdir. Ushbu oy va kun xotinlar bayrami boʻlib, bu kunda erlar ularga sovgʻa bergan. Xotinlar aynan shu kun va shu oyda oʻz erlaridan istaklarini bajarishni talab qilgan. Erlar esa buni bajarishga majbur boʻlgan. Shu sababli bu kun “mardgiron” – “erning, erkakning sovgʻasi” yoki “mujdagiron” – “qimmat jarima” deb ham atalgan.

 

Eʼtiborli jihati shundaki, ayollar kuni maxsus bir kun boʻlsa ham, lekin bu bayram toʻliq bir oy nishonlangan. Bu esa bundan ming yillar ilgari ota-bobolarimiz ayollarni qanchalik qadrlagani, hurmat qilganini koʻrsatadi.

 

Islom dini Turkistonda keng tarqalgach ham bu bayramni nishonlash toʻxtamagan. Manbalarda XI asr oʻrtalarida ham ayollar kuni bayram qilinganiga oid maʼlumotlar uchraydi. Demak, Turkistonda ming yil oldin ham ayollarning jamiyatdagi oʻrni yuqori boʻlib, hattoki, ular uchun maxsus kun bayram qilingan.

 

Isfandormoʻz – otashparastlar ishonishicha, soliha, nomusli, yaxshi ishlar qiluvchi va eriga muhabbatli xotinga vakil qilingan farishtaning ismi boʻlgan.

 

Isfandormoʻz moh oyi esa zardushtiylar taqvimida 12-oyning nomi boʻlib, hozir taxminan 19-fevraldan 20-martgacha boʻlgan vaqtga toʻgʻri keladi.

 

Islom BO‘RIYEV

Tarix instituti kichik ilmiy xodimi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 197
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 554
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 328
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 491
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 920
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232763
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112574
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65198
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55037
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49425
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39061
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38120
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36671
“Avesto”

//