“Qozondi” fe’lidagi “qozon” haqida


Saqlash
10:03 / 03.03.2025 0 827

G‘alaba qozondi, e’tibor qozondi, muvaffaqiyat qozondi kabi birikmalarni tez-tez ishlatamiz. Qozondi fe’li yolg‘iz o‘zi kelsa, hech bir ma’no anglatmaydi. Qolaversa, e’tiborga erishish ma’nosini ifodalaydigan e’tibor qozondi birikmasida qozon nima qilib yuribdi, deb o‘ylanib qolasiz.

 

“Devonu lug‘otit-turk” III tomining 396-betida qazg‘anch so‘ziga izoh berib o‘tilgan. Izohga ko‘ra, qazg‘anch so‘zi “ishlab topish”, “kasb”, “daromad” ma’nolarini anglatar ekan. Darhaqiqat, g‘alaba qozonish ham, hurmat qozonish ham ishlab topish orqali amalga oshadi. E.Sevortyan bunga qo‘shimcha qilib, qazan va qazg‘an so‘zlarini “egallash” va “zabt etish” ma’nosida izohlab, bu so‘zning ildizi “g‘amlab qo‘yish” va “mol-mulk” ma’nolariga yaqinligini ham ta’kidlab o‘tadi.

 

Garchi hozir qozondi fe’li yolg‘iz o‘zi kelganda biror ma’no anglatmasa-da, qadimgi tilimizda u biror so‘z ko‘magisiz o‘zi kelgan. Masalan, “To‘nyuquq” bitiktoshida: “Eltarish xoqon qozonmasa, agar men o‘zim qozonmasam davlat ham, xalq ham yo‘q bo‘ladigan edi”, degan yozuv bor. Qolaversa, o‘tmishimizda bu so‘zdan olingan ismlar va joy nomlari ham bo‘lgan. Masalan: Amir Qazag‘an, Qazanjik shahri.

 

Eshqobil SHUKUR

 

“Boboso‘z izidan” kitobidan.

 

Foto: Abdumannon Muhammad

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 358
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 319
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 654
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 384
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 571
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233219
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112916
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65980
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55535
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49895
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39196
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38419
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37356
“Avesto”

//