Mehr kuchi


Saqlash
01:12 / 24.12.2021 0 1192

Ishdan qaytayotib, yaxmalak yerda toyib yiqilgan ayol, necha kundan beri uyda ikki oyog‘i gipslanib yotibdi. Turay desa, turolmaydi, o‘tiray desa, o‘tirolmaydi – faqat yotadi. Tashqariga chiqmoqchi bo‘lsa, eri yoki katta bolalari yordamida bir amallab joyidan turib oladi. Oxirgi kunlarda zerikkanidan ovunchoq bo‘lsin, deb ikki yoshli o‘g‘ilchasini bog‘chaga ham yubormay qo‘ydi. Hamma o‘z ishiga, o‘qishiga ketadi. Uyda yolg‘iz bemor ona va bog‘chadan olib qolinayotgan o‘g‘ilcha. Bola onasi uchun ovunchoq, ham dastyor. Hali uni olib berishni, hali buni joyiga qo‘yib kelishni buyuradi. To peshingacha ahvol shu. Ona-bola bir-biriga ovunib o‘tiradi. Bolakayning pildirabgina ish qilishlaridan ko‘zlari quvnab ketadi, og‘riqlarini unutgandek bo‘ladi.

−O‘zimning mehribonim! Aylanay sendan! – o‘g‘ilchasini yoniga yotqizib olgan ona uni erkalaydi. Yuzlaridan o‘pib, sochlarini silaydi. – Jonim meni…

Ko‘p qavatli uylarning xonasi tor. Beton uyda shu tor xonaning ham isishi qiyin. Gipsda yotgan odam esa issiq kunda ham sovqotadi. Ona xonaning bir chekkasiga spiral plita yoqib qo‘yibdi. Harna xonaning zahrini yutadi.

Bugun ham kun sovuq. Spiral plita yoniq. Ona to‘shakda, bolasi atrofida «lego» o‘yinchoqlaridan uycha yasab o‘tiribdi. Televizorda sport haqida ko‘rsatuv namoyish etilyapti. Bola sportga qiziqadi. O‘yindan chalg‘ib, ekranga tikilib qoldi va bir mahal irg‘ib o‘rnidan turib, oynai jahondagilarga taqlid qildimi yoki avval ham bir-ikki qilgan mashqini yana bajarmoqchi bo‘ldimi, boshini yerga qo‘ydi-da umbaloq oshdi. Biroq chinqirib yig‘lab yubordi. Oyog‘i plita ustiga tegib kuygan edi.

Ana shunda bemor yotgan onaning jon-poni chiqib ketdi. Qanday turdi, qanday uy burchagidagi plita yoniga bordi, o‘g‘ilchasining oyog‘idagi kuyib, tutayotgan paypoqni qachon yechib otdi, bilmaydi. Bilgani – o‘g‘li bag‘rida, uning peshanasidan o‘pyapti, ovutyapti, o‘zining esa ikkala oyog‘i xuddi birinchi kundagidek qaqshayapti… Gips siljib ketdimi, bilmaydi… Ammo endi biladiki, to erimi, bolalarimi kelib, joyiga yotqizib quymaguncha shu ahvolda zor qaqshab o‘tiradi…

 

Xoliyor SAFAROV

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 298
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 404
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 623
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234971
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114276
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68207
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57222
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51607
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40146
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39613
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39503
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//