Radio O‘zbekistonga qachon kirib kelgan?


Saqlash
16:02 / 27.02.2025 0 1484

Radioning mamlakatimizga kirib kelishi XX asrning 20-yillariga to‘g‘ri keladi. 1926-yilda O‘zbekistonda radiostansiya qurish uchun tayyorgarlik ishlari boshlanadi. Toshkent radio eshittirish stansiyasida 1927-yilning 4-fevral kuni sinov jarayoni muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. Shu yilning 11-fevralidan O‘zbekistonda muntazam radio eshittirishlar yo‘lga qo‘yiladi. Tez orada Samarqand, Namangan, Urganch va Nukus shaharlarida ham radiostansiyalar ishga tushiriladi.

 

Radiokanallarimiz ichida eng yoshi ulug‘i “O‘zbekiston radiosi” hisoblanadi. Mamlakatimizda radio tashkil etilgan yillardagi birinchi diktor Nazirjon Kamolovdir. Fotima Yunusova esa “O‘zbekiston radiosi”dagi birinchi suxandon ayol bo‘lgan.

 

1934-yilning oxiriga kelib mamlakat aholisi radio orqali 7 yarim soat kundalik dasturlarni tinglash imkoniga ega bo‘lgan. Ular orasida xabarlar, kuy-qo‘shiqlar, adabiy-ma’rifiy dasturlar va bolalarga bag‘ishlangan radioeshittirishlar bor edi.

 

Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan radioning vazifasi ham tubdan o‘zgardi. Endi u frontdagi voqea-hodisalarni ham ommaga yetkazishga xizmat qila boshladi. Shu bilan birga front ortida bajarilayotgan dolzarb ishlar ham radio orqali efirga uzatilgan. Qo‘lga kiritilgan g‘alabada ham bu qurilmaning hissasi katta bo‘ldi.

 

Urushdan keyingi davrlarda O‘zbekistonda to‘liq radiolashtirish harakati olib borildi. 1959-yilga kelib radioefirlar hajmi 12 soatga yetkazildi. 1966-yilning kuzida O‘zbekiston radiosining yangi binosi bunyod etildi. 1967-yilda Respublika radio eshittirish va ovoz yozish uyi tashkil etilgan. 1982-yilda qurilgan yangi binoda esa dramatik eshittirishlar va radiospektakllarni yozib olish imkoniyati yaratilgan. Bugun yurtimizda 40 dan ziyod davlat va nodavlat radiokanallar faoliyat yuritmoqda. Ular orqali vatandoshlarimiz dunyoda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalardan tezda xabar topishmoqda. Shu bilan birga ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tahlillar, ma’naviy-ma’rifiy dasturlar muntazam efirga uzatilmoqda.

 

Anvar ESHNAZAROV,

“O‘zbekiston tarixi” telekanali muharriri

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 101
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 437
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 391
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 716
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 428
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233486
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113026
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 66557
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55861
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50222
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39287
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38703
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37844
“Avesto”

//