Mahmud Koshg‘ariyning eski zontigi


Saqlash
18:01 / 31.01.2025 0 930

Zontik gollandcha so‘z bo‘lib, “quyoshdan himoyalanish vositasi” degan ma’noni anglatadi. Xo‘sh, zontik so‘zining sof turkiychasi bormi? Soyabon deysizmi? Yo‘q, soyabon forscha so‘z.

 

Toki dunyoda quyosh issig‘i va yog‘ingarchilik bor ekan, demak, hamma joyda ulardan himoyalanish vositasi bo‘lgan. Hamma joyda shunday vosita ishlatilgan ekan, unda hamma tillarda bu narsani ifodalaydigan so‘z ham bo‘lgan. Faqat bu so‘zlar unutilgan bo‘lishi mumkin.

 

Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk”da jaӊalduruq yomg‘irdan, quyosh issig‘idan boshni saqlash uchun vosita ekanini izohlab ketgan. Yangalduruq namatdan tikilgan ekan. Bu narsa yomg‘irpo‘sh yo oddiy yopinchiq emas. Chunki yopinchiq qadimgi turkiy tilda jog‘urqan so‘zi bilan ifodalangan. Koshg‘ariy Ol aӊar yog‘urqan eshÿdi – “U unga yopinchiq yopdi” degan misolni keltirib o‘tgan. Shuningdek, Koshg‘ariy yomg‘irdan saqlanish uchun cho‘ponlar yopinadigan yopinchiq yaptach, yomg‘irda kiyiladigan yopinchiq kezuk deyilgani haqida aytib o‘tgan.

 

Qozoqlar zontikni qo‘lchodir deyishar ekan.

 

Eshqobil SHUKUR

 

Boboso‘z izidan kitobidan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

12:07 / 21.07.2026 0 18
Hadaha

Hikmat

09:07 / 15.07.2026 0 166
Daho qabridagi talonchilik

Hikmat

17:07 / 13.07.2026 0 76
Daho qabridagi talonchilik

Hikmat

18:06 / 22.06.2026 0 217
So‘z – yo‘qolmaydi, o‘zingizga qaytadi

Bilasizmi?

15:06 / 19.06.2026 0 179
“Tun”dagi “kun”



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 235959
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114866
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68600
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57750
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52108
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40970
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39853
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39795
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//