Bolaligi boʻlmagan odamning keksaligi ham boʻlmaydi – Charli Chaplindan iqtiboslar


Saqlash
15:01 / 28.01.2025 0 1335

 

* * *

Hayot katta planda qaraganda tragediya, uzoqdan qaraganda komediyadir.

 

* * *

Ovozsiz kinolar, eh, afsus... Ayolning ogʻzi ochilsa ham, sasi eshitilmagan kadrlar qanday goʻzal edi.

 

* * *

Mening ogʻrigʻim kimnidir kuldira olishi aniq, biroq kulishim hech qachon hech kimga ogʻriq keltirmasligini istardim.

 

* * *

Fillarni koʻrsam jahlim chiqadi. Axir bu qadar kuchning egasi shunchalik itoatkor boʻlishi mumkinmi?

 

* * *

Koʻzgu – mening yaqin doʻstimdir. Chunki men yigʻlasam, u hech qachon kulmaydi.

 

* * *

Aslida qayerda yashashingning umuman farqi yoʻq, asosiysi kim bilan yashashing.

 

* * *

Bolaligi boʻlmagan odamning keksaligi ham boʻlmaydi.

 

* * *

Bu foniy dunyoda hech narsa abadiy emas, hatto qiyinchiliklar ham oʻtkinchi.

 

* * *

Aql bilan qilingan xato, aqlsizlik bilan qilingan xatodan koʻproq balo keltiradi.

 

* * *

Komediya suratga olishim uchun menga bogʻ, militsiya va bir goʻzal qiz yetarli.

 

* * *

Gʻoya qanday yaraladi? Faqat telbalik asosidagi ishonchli qidiruv bilan.

 

* * *

Sanʼat uchun sahnaga yalangʻoch chiqishga ham toʻgʻri keladi. Ammo u yerdan nainki kiyimda, balki soflikni saqlab qayta olish darkor.

 

* * *

Hayot – repetitsiyasiz pyesaga oʻxshaydi. Yaʼni sahna tugab, parda olqish-u suronlarsiz yopilgunicha koʻnglingiz istaganicha oʻynang, kuling, yigʻlang.

 

Rahmat BOBOJON tarjimasi

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 320
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 283
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 631
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 372
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 553
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233116
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112828
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65706
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55395
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49760
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39162
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38298
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37152
“Avesto”

//