Choʻlponning “qatagʻon qilingan” sheʼri


Saqlash
12:01 / 28.01.2025 0 1041

Andijon viloyat Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyida Oʻzbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti huzuridagi Sanʼat ishlari boʻyicha boshqarmasi Bosh repertuar qoʻmitasi tomonidan yuborilgan buyruqning faksimil nusxasi saqlanadi. Unda qatagʻon qurboni boʻlgan shoir va sanʼat xodimlari ishtirokida yaratilgan bir qator ijod namunalari yozilgan grammofon plastinkalar “mafkuraviy jihatdan zararli” deb topilib, sotilishi va namoyish etilishi qatʼiyan taqiqlangani yozilgan.

 

 

Taqiqlangan sanʼat asarlari orasida Choʻlpon sheʼri bilan yaratilgan “Toʻlqin” nomli qoʻshiq borligi aniqlandi. Qoʻshiq 1934-yil Karim Zokirov tomonidan “Farhod va Shirin” musiqali dramasida kuylangan. “Onamning aytishicha, — deb yozgan edi Choʻlponning jiyani Oʻktam Mirzaxoʻjayev, ­- Choʻlpon Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” asosida yozilgan sahna asariga qoʻshiqlar yozib bergan ekan”. Demak, bu sheʼr ham ulardan biri boʻlgan. Sovet davlati esa qatagʻon siyosati ajdodlarimizni jismoniy mahv etishdan tashqari ularning boy ijodiy merosini ham turli yoʻllar bilan yoʻq qilishga harakat qilgan. Shunday boʻlsa-da qatagʻon qurbonlarining asarlari turli arxivlarda, kutubxonalarda saqlanib qolgan. Taqiqlangan ushbu sheʼrni taqdim etamiz:

 

 Toʻlqin

Doʻstlar bir kun menga shahliq muyassar boʻlgʻusi,

Podishohlik masnadi albat muqarrar boʻlgʻusi.

Davlatu mulku xazina amrima tobeʼ boʻlub,

Ul zamon lutfi karam sizga muqarrar boʻlgʻusi.

Qasrima toʻplangʻusi sozandayu xonandalar,

Ayshi ishrat nuridan olam munavvar boʻlgʻusi.

Shoʻx koʻngulning istagi harna esa hosil boʻlub,

Dil uyining ziynati hur ila paykar boʻlgʻusi. 

 

Dilshod XOMIDOV,

ADU Qatagʻon qurbonlari xotirasi

muzeyi ekskursovodi

Asqar ESHPOʻLATOV,

ADU Tarix fakulteti talabasi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 461
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 435
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 393
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 408
Narxning navosi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225347
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107984
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55628
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41024
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40319
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31711
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30829
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30396
Alpomish

//