Narxning navosi


Saqlash
10:04 / 08.04.2025 0 956

Qayga borsang, gap ob-u havo bilan narx-u navodan bo‘lishi tayin. Shuning uchun ham tilimizda narx-u navo juft so‘zi tez-tez va ko‘p qo‘llanadi.

 

Narsaning pul bilan o‘lchanadigan qiymati narx so‘zi bilan ifodalanishini yaxshi bilamiz. U holda narx so‘ziga qo‘shilib kelayotgan navo so‘zi qanday mazmunni anglatadi? Holbuki, biz navo so‘zini faqat kuy ma’nosida tushunamiz.

 

“O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”da izohlanishicha, navo so‘zi forsiyda “turmush kechirish uchun zarur shart-sharoit” ma’nosini bildiradi. Demak, narx-navo so‘zi “turmush kechirish uchun zarur narsalarning qiymati, narxi” mazmunini anglatadi. Tilimizdagi benavo, benavo qul iborasi shundan kelib chiqqan. Abu Said Abulxayrning “Bu benavo qulg‘a navoye yo‘lla” degan misrasi bor. Shuningdek, navo so‘zining “garov” ma’nosi ham mavjud.

 

Eshqobil SHUKUR

 

Boboso‘z izidan kitobidan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 180
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 279
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 498
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234365
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113556
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68106
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57149
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51541
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40050
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39588
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39471
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//