Qo‘shni qush


Saqlash
09:01 / 24.01.2025 0 706

Qo‘ni-qo‘shni – ilmiy manbalarda izohlanishicha, bir-biri bilan yonma-yon yashovchilarga nisbatan qo‘llanadigan bu so‘zning tub ildizi qo‘nish ma’nosidagi qo‘n fe’lidir. Qo‘shni so‘zi ham qo‘n fe’lidan hosil bo‘lgan, uning dastlabki shakli qo‘nshi bo‘lgan. Demak, qo‘shni so‘zi “qo‘ngan” degan ma’noni bildiradi.

 

Darhaqiqat, so‘z olami g‘aroyib-a... Qo‘shnim mening yonimga kelib qushday qo‘ngan. U uyimning yoniga kelib qo‘ngani va shu yerdan makon topgani uchun qo‘shni bo‘lgan. Odamzod so‘zlarni yaratayotganda avvalo tabiatni kuzatgan, o‘simliklardan, daraxtlardan, qushlar va hayvonlardan ramzlar izlagan.

 

Qo‘shni so‘ziga “qo‘sha”, “qo‘shilgan” ma’nosidagi qo‘sh so‘zi asos bo‘lgan bo‘lishi mumkin, degan farazlar ham bor. Bunda ham mantiq seziladi. Lekin qo‘shni so‘ziga qo‘shilib kelayotgan qo‘ni so‘zi (qo‘ni-qo‘shni) “qo‘nish” ma’nosida to‘g‘ri. Chunki eski manbalardan “Kitob at tuhfa” (XIV asr)da  qo‘shni so‘zi qo‘nsh shaklida berilgan. Navoiyda esa, “qo‘ңshi” shaklida kelgan. Mahmud Koshg‘ariy “urug‘-aymoqning qonum, qo‘shnining esa, qonshi, kirdӓsh va qunat so‘zlari bilan ifodalanishini aytib o‘tadi. Ol mӭniң qunatїm – U mening qo‘shnim. Hozirgi o‘g‘uz va qipchoq tillari guruhiga oid qardosh tillarda bu so‘z konshы shaklida qo‘llanadi. Qo‘nshы so‘zi metateza hodisasiga uchrab qo‘shniga aylangan.

 

Xalqimizda “Hovli olma, qo‘shni ol”, “Qo‘shning tinch, sen tinch”, “Bir qizga yetti qo‘shni ota-ona”, “Gilam sotsang, qo‘shningga sot, bir chetida o‘zing o‘tirasan” kabi ko‘plab maqollar bor.

 

Eshqobil SHUKUR

 

Boboso‘z izidan kitobidan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 334
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 571
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 505
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 844
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 547
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233834
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113247
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67512
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56329
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50765
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39391
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39131
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38513
“Avesto”

//