Ushbu maqola kelasi haftada 58 kishining hayotini saqlab qolishi mumkin


Saqlash
15:01 / 17.01.2025 0 19

Har hafta millionlab insonlar arzimas tuyilgan qarorlari sabab olamdan koʻz yumadi. Ha, baʼzilar uchun juda oddiy va kichik boʻlib koʻringan tanlovlar oʻlimga olib kelishi mumkin. Maqolada hayotingizga xavf soladigan narsalar nimalar ekanini aniqlash va ularning oldini olishga harakat qilamiz. Hayron boʻlmang – maqolani folga ishonmaydigan odamlar yozdi. Gʻarb mamlakatlarida yashovchi 3 million yoshning 58 tasi keyingi haftagacha ortiq nafas olmayotgan boʻladi. Bir yilda esa bu raqam 3,000 taga yetadi. Afsuski, bu achchiq haqiqat. Va ularning hammasi shunchaki ehtiyotsiz ortidan qurbon bo‘lishlari mumkin...

 

Har kuni oʻlim bilan yuzlashish mumkin boʻlgan harakat

 

Mashina boshqararkansiz, kamida bir tonnalik temir ichida soatiga 60 km tezlikda harakatlanishingiz, aniqrogʻi, oʻsha metall uskunani harakatlantirishingiz kerak. Agar jarayonda avtohalokat sodir boʻlsa, Oʻzbekiston mehmonxonasi ustidan pianinoni yerga tashlab yuborish bilan teng mexanik energiya hosil boʻladi. Xuddi shunday energiya natijasida haftasiga 8 kishi, yiliga esa 416 kishi vafot etadi, afsuski.

 

Oʻlimga olib keluvchi avtohalokatlarning deyarli 30%i tezlikni oshirishdan yuzaga keladi. Nega? Sababi insonlar oʻz imkoniyatlarini va reaksiya uchun vaqtni yuqori baholab yuborishadi. Tezlikni birozgina oshirish ham, aytaylik, 10 km/s dan 15 km/s ga tezlashish ham avtohalokat ehtimolini 60% ga oshirib yuboradi. Shu bois kech qolayotgan boʻlsangiz ham shuni yodda tuting: tezlik qanchadir daqiqa tejar, ammo evaziga hayotingizni olishi mumkin.

 

Qizigʻi shundaki, mast holda mashina haydash oʻlimga olib keluvchi avtohalokatlarning 25% ini tashkil qiladi. Reaksiyangizni sekinlashtirish uchun atigi ikki qadah yetarli. Chunki garchi oʻzingizni yaxshi his qilayotgan boʻlsangiz ham, maʼlumotni qabul qilish qobiliyatingiz va reflekslaringiz ichkilik taʼsirida boʻladi. Sarxush boʻlsangiz, yaxshisi, orqa oʻrindiqni tanlang – xavfsizlik uchun eng toʻgʻri harakat shu.

 

Radio tugmalari bilan band boʻlish, ovqatlanish yoki telefonga bir zumga qarash halokatga olib boruvchi eng koʻp uchraydigan harakatlardan sanaladi. Soatiga 60 km tezlikda ketayotganda, bir necha soniyagagina telefonga chalgʻish koʻzi ojiz kishining butun boshli futbol maydoni masofasini bosib oʻtishi bilan teng keladi. Unday qilmang, oʻlmaysiz!

 

Bilasizmi, bor-yoʻgʻi xavfsizlik kamarini taqqanida omon qolishi mumkin boʻlgan halokatlar tufayli har haftada uch kishi vafot etadi. Shunday ekan, masofa qanchalik qisqa boʻlsa ham, doimo xavfsizlik kamarlarini taqib oling.

 

Yiqilmaslikka intiling!

 

Yiqilish katta xavfdek tuyulmasligi mumkin, ammo bir yilda 26 kishi shu sabab hayotdan koʻz yumadi. Chunki atigi ikki metr balandlikdan yiqilish yetti qavatli binodan tushib ketgan bouling toshining sizga kelib urilishi bilan barobar. Joy qancha baland boʻlsa, tushish shuncha halokatli boʻladi. Shu bois narvonlarda, balandlikka chiqish yoʻllarida, tomga chiqqanda yanayam ehtiyotkor boʻlish tavsiya etiladi.

 

Xavfsiz havzani tanlang

Statistikaga koʻra, ehtiyotsizlik sabab har haftada bir kishi suvli havzalarda choʻkib ketadi. Kuchli girdoblarni mensimaslik, suzish qobiliyatini yuqori baholash yoki spirtli ichimlik ichib suvga tushish – bular suv bilan bogʻliq oʻlimlarning eng keng tarqalgan sabablari hisoblanadi. Suzishni yaxshi koʻrsangiz, havzaning xavfsiz ekaniga ishonch hosil qiling, imkoniyatlaringizni toʻgʻri baholang va alkogol isteʼmol qilmang.

 

Travmalardan ehtiyot boʻling!

 

Balki eng qaygʻuli statistika shudir, ammo haqiqat shundaki, keyingi haftadagi 58 oʻlimning 10 tasi aynan suitsid tufayli boʻladi. Travmalardan paydo boʻlgan krizis vaziyatlar, chorasizdek his qilish yoki ortiqcha stressni eʼtiborsiz qoldirish kerak emas. Agar siz yoki biror tanishingiz shu kabi muammolarga duch kelsangiz, albatta, psixologik markazlarga murojaat qiling yoki eng kamida biror ishongan insoningiz bilan hissiyotlaringizni boʻlishing. Bu davolanish va omon qolishdagi eng muhim qadam.

 

Saraton davosiz emas

 

Bir haftada besh kishi saraton tufayli vafot etadi. Aslida qalqonsimon bez saratoni, koʻkrak saratoni va jinsiy aʼzolardagi saraton uchun doimiy tekshiruvdan oʻtib yurish, kasallikka yoʻliqqan hollarda uni ertaroq aniqlashga yordam beradi. Natijada esa omon qolish koʻrsatgichlari koʻproq foizni tashkil qiladi.

 

Hayot – moʻrt, xavf-xatar esa kutilmaganda yoʻliqadi. Lekin ogohlik va odatlarga biroz tuzatish kiritish orqali, dunyodan erta koʻz yumish ehtimolini qanchalar kamaytirish mumkin. Kunni boy bermaslik, orzularga erish uchun ham kishi oʻz xavfsizligingizni taʼminlashi kerak.

 

Oʻtkirbek QAHHOROV


Foydalanilgan adabiyotlar:

Milliy yoʻl harakati xavfsizligi administratsiyasi. “Yoʻl harakatida xavfsizlik boʻyicha faktlar.” https://www.nhtsa.gov

Kasallik nazorati va oldini olish markazi. “Kattalarda yiqilishni oldini olish.” https://www.cdc.gov

Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti. “Yoʻl xavfsizligi boʻyicha global holat axboroti.” https://www.who.int

Amerikaning Suitsidni Oldini Olish Fondi. “Suitsid statistikasi.” https://afsp.org

Teri Saratoni Fondi. “Melanomani aniqlash va oldini olish.” https://www.skincancer.org

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

14:01 / 16.01.2025 0 116
Qurib ketsin muzeying!..

Qatra

12:01 / 13.01.2025 0 418
Muallimdan tayoq yegan sulton



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 220515
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 105316
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 39067
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 31574
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 30234
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 28365
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 26594
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 24764
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//