Vatan himoyachilari kuni: bayram tarixi, harbiy majburiyat, harbiy xizmatchilar uchun imtiyozlar


Saqlash
16:01 / 13.01.2025 0 77

Nega aynan 14-yanvar bayram qilinadi, boshqa kun emas? Harbiy xizmatga kimlar chaqiriladi? Harbiylarga qonunchilikda qanday imtiyozlar bor? Bu ularning yaqinlariga ham tegishlimi? Quyida shular haqda bilib olishingiz mumkin. 

 

“Vatan himoyachilari kuni” tarixi

1991-yilgacha Sovet Ittifoqi davrida Oʻzbekistonda joylashgan harbiy tuzilmalar toʻgʻridan-toʻgʻri Sovet Ittifoqi markaziy hukumati tomonidan boshqarilgan.

 

Mustaqillikning dastlabki yillarida – 1992-yil 14-yanvarda Oʻzbekiston hukumati bu harbiy tuzilmalar ustidan toʻliq nazorat oʻrnatdi. Harbiy tuzilmalar Oʻzbekiston qonunlariga boʻysundirildi, harbiy bazalar, texnika va qoʻshinlar Oʻzbekistonning milliy manfaatlari yoʻlida ishlaydigan qilib qayta tashkil qilindi, harbiy rahbariyat va boshqaruv jarayoni respublika hukumati tomonidan belgilab qoʻyildi. Tom maʼnoda Oʻzbekistonning xavfsizligini taʼminlash uchun mustaqil mudofaa siyosati ishlab chiqildi.

 

1993-yil 29-dekabrdagi Qonunga koʻra, Oʻzbekiston hududida joylashgan harbiy tuzilmalarning respublika yurisdiksiyasiga oʻtkazilgan kun, yaʼni 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni etib belgilandi. Mazkur sana Oʻzbekiston milliy armiyasining shakllanishiga asos boʻlgan muhim voqea sifatida katta ahamiyatga ega.

 

Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat turlari

 

Oʻzbekistonni himoya qilish har bir fuqaro burchi, fuqarolar harbiy yoki muqobil xizmatni oʻtashga majbur (Konstitutsiya, 64-modda). Shundan kelib chiqilsa, umumiy harbiy majburiyat fuqarolarning Oʻzbekistonni himoya qilishga majburiy harbiy tayyorgarligidan iborat hamda u Qurolli Kuchlar safini toʻldirish va ularning rezervini tayyorlash maqsadida joriy etiladi.

 

Harbiy xizmatning quyidagi turlari bor:

muddatli;

safarbarlik chaqiruvi rezervidagi;

kontrakt boʻyicha;

Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni oʻtagan rezervchilar xizmati.

 

Tinchlik davrida oddiy askar va serjantlar tarkibi lavozimlarida muddatli harbiy xizmatga, shuningdek, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga 18 yoshdan 27 yoshgacha boʻlgan, salomatligiga koʻra Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli erkak fuqarolar chaqiriladi.

Harbiylar uchun qonunchilikda bir qator imtiyozlar bor. Misol uchun:

 

Taʼlim imtiyozlari

1. Muddatli harbiy xizmatni muvaffaqiyatli oʻtagan, jangovar va maʼnaviy tayyorgarligi yuqori boʻlgan, zarur bilimlarga ega va intizomli xizmatchilarga oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun tavsiyanoma beriladi.

2. Harbiy xizmatchilarning farzandlari davlat bogʻchalariga birinchi navbatda joylashtiriladi hamda halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning farzandlari davlat bogʻchalarida bepul tarbiyalanadi.

3. Harbiy xizmatchining turmush oʻrtogʻi yoki ota-onasi xizmat joyini oʻzgartirsa, talabalar bahorgi semestr boshlanishidan oldin oʻqishini koʻchirish uchun ariza topshirish imkoniyatiga ega boʻladi. Ariza topshirish muddati 20-dekabrdan 20-yanvargacha.

4. Mudofaa qudratini mustahkamlagan va xizmatda yuqori natijalarga erishgan harbiylarga farzandlarini oliy taʼlim muassasalariga kiritish uchun tavsiyanoma beriladi. Halok boʻlgan yoki nogiron boʻlib qolgan harbiylarning farzandlari davlat granti bilan qoʻshimcha kvotalarda oʻqiydilar.

 

Moddiy va tibbiy yordam

1. Qurolli Kuchlarning harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olishi (qurishi) uchun uy-joy narxining 25 foizini davlat tomonidan qoplab berish shaklida imtiyoz beriladi.

2. Kredit olgan harbiy xizmatchi halok boʻlgan yoki xizmat vazifalarini bajarishda ogʻir tana shikastlanishi oqibatida mehnat qobiliyatini yoʻqotganda kredit va uning foizlari tashkilot rahbarining qarori asosida byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qoplab beriladi.

3. Vafot etgan harbiy xizmatchining oilasiga biryoʻla toʻlanadigan nafaqa miqdori uning lavozimi va harbiy unvoni boʻyicha oylik maoshining 150 baravariga teng qilib belgilanadi. Shuningdek, BHMning 200 baravari (bugungi kun holatida 75 mln soʻm) miqdorida sugʻurta toʻlanadi.

4. Yadro obyektlarida xizmat qilgan pensiya yoshidagi harbiylar ambulatoriyalarda dori vositalarini bepul oladilar. Halok boʻlgan harbiylarning oilalari esa tibbiyot muassasalarida navbatdan tashqari va kafolatlangan hajmlarda xizmat olish imkoniyatiga ega.

5. Yarador boʻlgan harbiylar temir yoʻl transportida yiliga bir marta bepul safar qilish huquqiga ega. Halok boʻlgan harbiylarning ota-onalari esa temir yoʻl va havo transportidan yiliga ikki marta bepul foydalanishi mumkin.

 

Dilmurod RAJABOYEV,

huquqshunos

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

12:01 / 13.01.2025 0 296
Muallimdan tayoq yegan sulton

Bilasizmi?

09:01 / 07.01.2025 0 199
“O‘shakchi” ushoqchimi?

Bir kuni...

18:12 / 04.12.2024 0 885
Buninni jiddiy raqib deb bo‘ladimi?

Bilasizmi?

10:12 / 03.12.2024 0 317
Pul va minora – ular “qarindosh”mi?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 220437
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 105282
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 38202
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 31175
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 29941
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 28281
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 26515
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 24612
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//