“O‘shakchi” ushoqchimi?


Saqlash
09:01 / 07.01.2025 0 863

O‘shakchi so‘zi menga bolalik yillarimdan tanish. Qishlog‘imizda chaqimchi, maydagap, gap tashuvchi odamlarni o‘shakchi deyishardi. Lekin chaqimchilarni nega o‘shakchi deyishlarini hech tushunolmaganman. Hozir ham janubiy viloyatlarimizda bu so‘z ko‘p qo‘llanadi. Keyinroq bilsam, o‘shak so‘zining ushoq so‘ziga aloqasi bor ekan.

 

“Devonu lug‘otit-turk” indeksida “ushoq” so‘ziga shunday izoh beriladi:

 

Ushaq I kichik, mayda.

Ushaq II chaqimchilik, malomat.

 

Darhaqiqat, chaqimchilik mayda-chuyda gaplar bilan mashg‘ul bo‘lishdir. Chaqimchilik maydakashlik degan ma’noda ushaq so‘zi bilan ifodalangan bo‘lishi mumkin.

 

Koshg‘ariyda shunday she’r kelgan:

 

Atg‘alir oqnї azaq

Tӭgmӓdї bu saw ushaq.

 

Ma’nosi:

 

Sho‘x qiz menga o‘q otmoq istaydi,

Menga bu malomat gaplar yetmas edimi?

 

She’rda ushaq so‘zi “malomat, mayda gaplar” ma’nosida kelayapti.

 

Yusuf Xos Hojibda esa:

 

Ѳzүңә yag‘utma ushaqchi kishig.

 

Ma’nosi:

 

O‘zingga chaqimchi kishini yaqinlashtirma degan misra keladi va bunda ham “ushaqchi” o‘shakchi, maydagap tashuvchi, maydakash mazmunida keladi.

 

Alisher Navoiy asarlarida ushoq so‘zi ikki ma’noda – mayda va yosh bola ma’nosida kelgan.

 

Eshqobil SHUKUR

 

“Boboso‘z izidan” kitobidan.

 

Foto by: Abdumannon MUHAMMAD

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

12:07 / 21.07.2026 0 17
Hadaha

Hikmat

09:07 / 15.07.2026 0 164
Daho qabridagi talonchilik

Hikmat

17:07 / 13.07.2026 0 76
Daho qabridagi talonchilik

Hikmat

18:06 / 22.06.2026 0 216
So‘z – yo‘qolmaydi, o‘zingizga qaytadi

Bilasizmi?

15:06 / 19.06.2026 0 179
“Tun”dagi “kun”



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 235958
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114865
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68597
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57749
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52106
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40970
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39849
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39794
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//