Pul va minora – ular “qarindosh”mi?


Saqlash
10:12 / 03.12.2024 0 697

Oldi-sotdi va toʻlov uchun ishlatiladigan, elektron yoki qogʻoz koʻrinishidagi bu vositani ifodalovchi soʻz bizga fors tilidan oʻzlashgan. Lekin asli forscha emas. Forscha pul oromiy-suryoniy tilidagi poʻlus soʻzidan olingan. Poʻlus oromiychada ham forschadagi kabi eng kichik qiymatdagi chaqa pulni anglatgan. Bu soʻzning ildizi eski yunonchadagi ὀβολός (oʻboloʻs) yoki οβελός (oʻbeloʻs) soʻziga borib taqaladi.

 

Plutarxning yozishicha, Qadimgi Yunonistonda savdo-sotiqda pul vazifasini qirrali metal tayoqchalar bajargan. Mixga oʻxshagani uchun ular oʻbol (oʻs) – mix soʻzi bilan atala boshlagan. Bitta qoʻl hovuchiga 6 ta oʻbol sigʻgan va u drahma deb atalgan. Drahma hovuch, tutam, siqim maʼnosini beradi.

 

Oʻbol soʻzi tarixda Yevropaning juda koʻp mamlakatlarida turli qiymatdagi tangalarni bildirgan.

 

Bugun biz ishlatadigan pul soʻzi ana shu eski yunoncha oʻbolning oʻzgargan shaklidir.

 

Oʻzbek tiliga obelisk soʻzi ham oʻzlashgan. U yuqoriga qarab ingichkalashib boradigan qirrali ustunni ifodalaydi. Obelisk minorani eslatadi. Ana shu soʻz pul bilan qarindosh. Yunoncha ὀβελίσκος (oʻbeliskos) – six, pona, shamshir soʻzidan olingan obelisk fransuzchadan ruschaga oʻzlashgan va u orqali oʻzbekchaga kirib kelgan.

 

Orif TOLIB

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:07 / 15.07.2026 0 122
Daho qabridagi talonchilik

Hikmat

17:07 / 13.07.2026 0 31
Daho qabridagi talonchilik

Hikmat

18:06 / 22.06.2026 0 205
So‘z – yo‘qolmaydi, o‘zingizga qaytadi

Bilasizmi?

15:06 / 19.06.2026 0 161
“Tun”dagi “kun”

Hikmat

11:06 / 12.06.2026 0 316
Ignani qayerdan izlaysiz?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 235815
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114789
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68569
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57714
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52079
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40912
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39831
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39772
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//