“Tarif”ning ta’rifi va tarixi


Saqlash
17:11 / 21.11.2024 0 1316

Oldi-sotdi paytida belgilanadigan haq va baholar ko‘rsatkichi ma’nosini anglatadigan tarif so‘zining tilimizga kirib kelguniga qadar bo‘lgan tarixi juda uzun. Bu so‘z arab tilidan fransuz tiliga, so‘ng rus tiliga va undan o‘zbek tiliga o‘tgan. Qizig‘i shundaki, tovarlarning to‘lov haqlari tizimi ma’nosini anglatgan tarif so‘zi tilimizga kirib kelgunga qadar ham bu so‘zning azaldan tavsiflash ma’nosidagi ta’rif shakli tilimizda muntazam ishlatilib kelgan. Ya’ni tarif va ta’rif so‘zlarining ildizi bir xil bo‘lib, u “bildi” degan ma’noni anglatadi.

 

Alisher Navoiyda ta’rif so‘zi “tasvirlash, aniqlash, tavsiflash, maqtash, tanitish” mazmunida keladi:

 

Bo‘ylakim, ta’rif etib g‘urbatni bisyor, ey ko‘ngul,

Shahru kishvardin malomat aylab izhor, ey ko‘ngul.

 

Bu haqda yana boshqa mulohazalar ham bor. “Bobo so‘z izidan” kitobi nashridan so‘ng andijonlik adib Durbek Qo‘ldoshev ba’zi so‘zlar haqida o‘z mulohazalarini yozib yuboribdilar. Jumladan, u tarif so‘zi haqida quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: “Arab istilosi davridagi lashkarboshilardan biri al Torifning Andalusiyaga bosqini payti O‘rta yer dengizi o‘ramidagi ilk bor zabt etilgan orolga “Al Torif” nomi berilgan. Keyinchalik bu so‘z yevropalashib, “Tarif” oroliga aylangan. Gibraltar bo‘g‘oziga kirib kelgan xorijiy kemalardan olinadigan boj (to‘lov) ham, 1808 yildan boshlab “tarif” deb atalib kelinadi. Shunday qilib tarif (Torif) so‘zi internasional, ya’ni jahon tilidagi so‘zga aylandi”. 

 

Eshqobil SHUKUR

 

Boboso‘z izidan kitobidan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 334
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 571
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 505
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 844
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 547
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233834
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113247
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67512
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56329
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50765
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39391
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39131
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38513
“Avesto”

//