“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani


Saqlash
10:11 / 20.11.2024 0 817

O‘dag‘a degan so‘zga xalq og‘zaki ijodi namunalarida duch kelamiz. Adabiyotshunos To‘ra Nafasovning ta’kidlashicha, o‘dag‘a so‘zi qadimda “boshliq”, “sardor”, “bek” ma’nolarini anglatgan va hozir ham mamlakatimizning janubiy hududlarida bu so‘z shu ma’noda ishlatiladi. Momolar “bek bolam” degan ma’noda:

 

Alla, jonim, o‘dag‘a,

O‘zim bo‘lay sadag‘a,

 

deb alla aytganlar.

 

Ehtimol, o‘dag‘aylamoq degan fe’l ham shu o‘dag‘a so‘zidan kelib chiqqandir. Chunki o‘dag‘aylash holatida boshliqqa xos jihat bor.

 

Qo‘shimcha qilib shuni aytish mumkinki, o‘dag‘aylash so‘zining ildizi do‘qlash, do‘g‘lash so‘ziga ham yaqinday tuyuladi. O‘dag‘a so‘zining o‘tog‘a shakli ham bor.

 

“Navoiy asarlari lug‘ati”da o‘tog‘a so‘zi boshga taqiladigan jig‘a ma’nosida izohlangan. Jig‘a hammaning ham bosh kiyimiga taqilavermagan. Bu narsa ukpar va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan ziynat buyumi sanalgan. “Tilla jig‘a yarashadi boshiga” degan misradan ham jig‘ani beklar, kuyovlar taqqanini bilsa bo‘ladi. Shuning uchun Navoiydagi jig‘a ma’nosidagi o‘tog‘a so‘zining boshliq, bek ma’nosidagi o‘dag‘a so‘ziga yaqinligini ilg‘ash mumkin. “Saddi Iskandariy” dostonida kelgan quyidagi misralar ham o‘tog‘ani boshiga sardorlar, beklar taqqanini dalillaydi:

 

Dubulg‘o bo‘lub to‘ppi yanglig‘ bori,

O‘tog‘a bosh uzra sorig‘ qush pari.

 

 

Eshqobil SHUKUR

 

“Boboso‘z izidan” kitobidan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 166
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 261
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 478
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234299
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113504
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68068
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57102
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51467
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39959
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39575
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39456
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//