“Birpas”mi, “ikkipas”?..


Saqlash
23:11 / 01.11.2024 0 1517

“Biz bilan birpas o‘tiring”, deymiz. Umuman birpas so‘zini ko‘p ishlatamiz. Lekin uning tarixini, kechmishini, sakkiz og‘a-inidan bir o‘zi yolg‘iz qolganini, yetti aka-ukasi esa tarix to‘zonlarida yo‘q bo‘lib ketganini bilmaymiz. Qizig‘i shundaki, birpas so‘zidagi pas qismi tilimiz tarixida “kechaning sakkizdan biri” degan ma’noni anglatgan. Shuning uchun ham kechaning bir pasi, ikki pasi, uch pasi, to‘rt pasi, besh pasi, olti pasi, yetti pasi va nihoyat, sakkiz pasi kabi iboralar tilimizda ishlatilgan. Bir kecha sakkizga bo‘lingan. Xullas, ular jami sakkiz og‘a-ini bo‘lishgan. Shuningdek, pas so‘zining “rioya, e’tibor”, “saqlash, qo‘riqlash” degan ma’nolari ham bo‘lgan. Birpas so‘zining paydo bo‘lish tarixi “O‘zbek adabiy tili leksikasi tarixi” kitobida shunday izohlangan. Yaponlarda ham shunga o‘xshash holat – kechaning hayvonlar nomi bilan soatlarga bo‘linishi bor.

 

Kechaning uch pasig‘acha yo‘l yurdik.                

(“Boburnoma”dan)

 

Bir pos chu tundin o‘tti ul xayl,

Tushluq tushi qildi uyqug‘a mayl.

(Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonidan)

 

Eshqobil SHUKUR

 

Boboso‘z izidan kitobidan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 59
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 66
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 378
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 613
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 562
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233953
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113304
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67742
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56629
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51031
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39440
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39261
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38838
“Avesto”

//