Muvaffaqiyat qozonishni istasang, hech qachon o‘zingdan past raqib bilan kurashma – Somerset Moemdan iqtiboslar


Saqlash
19:11 / 01.11.2024 0 1332

***

Orzu – reallikdan yiroqlashish emas, aksincha, unga yaqinlashmoqdir.

 

***

Insonlar qaysidir masalani o‘ylab, anglab, hal etishdan ko‘ra, uni birovga to‘nkab qo‘yaverishni afzal bilishadi.

 

***

Dunyoda ayni vaqtda ham sevib, ham nafratlanishdan og‘ir azob yo‘q.

 

***

Hayotning menga o‘rgatgan eng qimmatli xulosasi – hech narsaga afsuslanmaslikdir.

 

***

Hayotning ajoyib bir o‘ziga xosligi bor: agar siz faqat yaxshisini tanlab, boshqalaridan voz kechishni uddalasangiz, albatta niyatingizga yetasiz.

 

***

Odam naqadar baxtsiz bo‘lsa, shunchalik jahldor bo‘ladi.

 

***

Aniq va sodda tilda yozish – samimiy va xayrixoh bo‘lish kabi mushkuldir.

 

***

O‘lish – juda bo‘lmag‘ur va zerikarli ish. Maslahat beramanki, hech qachon bu ishga bosh qo‘shmang.

 

***

Har avlod otalar va bobolari ustidan kuladi, ammo ajdodlaridan g‘urur tuyadi.

 

***

Muvaffaqiyatga erishishning yagona yo‘li mavjud – hayotni yuraging istaganicha yashash.

 

***

Qarilikning eng katta ustunligi ruhan ozod bo‘lmoqdir.

 

***

O‘tmish bilan yashashni boshladingmi, demak, kelajaging allaqachon o‘lgan.

 

***

Ayol nimalarga qodirligini faqatgina ayol biladi.

 

***

Muvaffaqiyat qozonishni istasang, hech qachon o‘zingdan past raqib bilan kurashma.

 

***

Ayollar erkaklarni go‘zalliklari bilan jalb etib, yonlarida saqlash uchun nuqsonlaridan foydalanishadi.

 

***

Asosiysi sevilmoq emas, sevmoqdir. Chunki, ba’zida seni telbalarcha sevgan odamning yonida yuraging siqiladi.

 

***

Pul – oltinchi tuyg‘udir. U bo‘lmagunicha qolgan besh tuyg‘udan foydalana olmaysan.

 

***

Hayotda 3 ta oltin qoida bor: hech qachon ayb ish qilma, qildingmi, hech qachon pushaymon bo‘lma, bo‘ldingmi, hech qachon tan olma.

 

***

Yer yuzidagi yagona ta’masiz his – ota-ona muhabbatidir.

 

Rahmat BOBOJON tayyorladi.

 

 

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 131
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 354
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 758
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 231896
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112082
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64238
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 53985
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 48832
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38742
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37423
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 35662
“Avesto”

//