“Yashashga shoshilaman”


Saqlash
18:10 / 30.10.2024 0 874

To‘rimdan ko‘ra go‘rim yaqinligini anglab turibman. Qo‘liga bir quti konfet berilgan bolaga o‘xshab qoldim: konfetlar miqdori ozaygani sari ishtaha ochilib boradi, judayam kam qolganida esa o‘zgacha lazzat bilan yeyishni boshlaydi.

 

Ijtimoiy qonuniyatlar haqida va’z aytishga vaqtim yo‘q – hech narsa o‘zgarmasligini bilaman. Yoshiga yarashiqsiz qiliqlar qiladigan ahmoqlar bilan bahslashish istagim ham yo‘q. Siyqalik bilan kurashishga-da vaqtim qolmagan. Odamlarni manipulatsiya qiladigan va xudbinlik parvarishlanadigan turli mashvarat-majlislarga toqatim yo‘q – bunday joylarga borishdan tiyilaman.

 

 

Eng iste’dodli insonlarning mansabi, iqtidori va yutuqlariga ega chiqish uchun ularni badnom etishga urinadigan kaslar meni tashvishga soladi. Ommaviy axborot vositalaridagi sarlavhalarni muhokama qilishga vaqtim juda oz – qalbim shoshmoqda. Qutida judayam oz konfet qolgan.

 

O‘z xatolari ustidan kulishga qodir, hayotda muvaffaqiyat qozongan, o‘z burchini anglab yetgan va mas’uliyatni bo‘yniga olishdan qochmaydigan muruvvatli insonlargina meni qiziqtiradi. Yana inson qadr-qimmatini himoya qila oladigan va haqiqat, adolat, taqvodorlik tarafida tura biladigan odamlardan zavqlanaman. Ana shunday odamlar uchun yashasang arziydi.

 

Taqdir zarbalariga bardosh berib yana oyoqqa turgan va qalbida mehrni asrab qola bilgan hamda boshqalar qalbini to‘lqinlantira oladigan odamlar atrofimda bo‘lsa deyman.

 

Faqat yetuklik va raso aql tuhfa etishi mumkin bo‘lgan shiddat, g‘ayrat bilan yashashga shoshilaman, ha, men shoshilishim kerak. Bisotimda qolgan barcha konfetlarni yeyman, chunki umrim shomida qutida qolgan konfetlar shu paytgacha yegan konfetlarimga qaraganda yanada mazaliroq tuyuladi. Maqsadim – o‘zligim bilan, yaqinlarim bilan va vijdonim bilan uyg‘unlikda oxirgi manzilga yetib borish. Ikkita hayotim bor deb o‘ylar ekanman, ammo u yagona ekan va uni munosib yashashim kerak.

 

Entoni XOPKINS,

aktyor va kinorejissyor

 

Rus tilidan Jaloliddin Safoyev tarjimasi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 208
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 223
Eng qimmat shirinlik

Bilasizmi?

14:07 / 22.07.2026 0 136
“O‘ktam”ning etimologiyasi

Bilasizmi?

11:07 / 22.07.2026 0 236
Vafo va vafot

Bilasizmi?

12:07 / 21.07.2026 0 266
Hadaha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 236271
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115085
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68724
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57887
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52273
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41103
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39948
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39910
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//