Mushuk va shumshuk


Saqlash
22:10 / 07.10.2024 0 1232

Mushuk so‘ziga shuk so‘zi asos bo‘lgan. Men bu haqda aniq ma’lumotga “Navoiy asarlari lug‘ati”ning 1973-yildagi nashrida duch kelganman. O‘sha manbada shuk so‘zi “pisib, poylab, tikilib yotgan” ma’nolarini anglatadi deb izohlangan. Bunga shumshuk so‘zini ham qiyoslash mumkin. Shumshayma! degani “pisib turma” degan ma’noni bildiradi.

 

G‘ayri ulkim, yotibon yo‘lungda shuk,

Qormobon qoningni ichkan bir mushuk.

(Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” asaridan)

 

Mahmud Koshg‘ariyda shuk so‘zi “tinchlantiruvchi”, “to‘xtatish” so‘zi sifatida izohlangan. Ya’ni, ko‘rsatkich barmog‘ini labi ustiga qo‘yib “Tss!” deganlariday. E’tibor qilsangiz, Koshg‘ariy izohida ham “pisish, poylash” ma’nosiga yaqinlik bor.

 

Yusuf Xos Hojibda shunday misra bor:

 

Nelÿg shÿk turur-sä na boldы özÿң.

 

Ma’nosi:

Nega jim turibsan, senga ne bo‘ldi?

 

Xos Hojib bu yerda shÿk so‘zini “jim turish” ma’nosida qo‘llagan.

 

XIXIV asr eski turkiy til manbalarida “mushuk” ma’nosi machi hamda chetӱk zoonimlari bilan ifodalangan. Mÿshÿk (möshÿk) so‘zi ilk bor “Qissasi Rabg‘uziy”da qayd etilgan.

 

Eshqobil SHUKUR

 

Boboso‘z izidan kitobidan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 251
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 489
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 427
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 763
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 499
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233603
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113123
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 66826
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56024
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50454
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39313
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38873
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38077
“Avesto”

//