Balchiq, Balxash, Bolqon gidronim va toponimlari buloq so‘zidan yasalganmi?


Saqlash
15:10 / 02.10.2024 0 967

Turk tilida “buloq” so‘zi yo‘q. Suv manbai ma’nosida turklar “kaynak” kalimasidan foydalanishadi. Bu kalom esa bizda “qaynoq” tarzida yaqindagina qaynagan issiq suvga nisbatan ishlatiladi. Aslida, har bir qaynagan suv “bilq-bilq” etib turadi. Balki, shu sababdan usmonli turklari “kaynak”, chig‘atoy turklari “buloq” der. 

 

Turk lafzida “bulmak” topmoq degani. Yo‘qolgan buyumini topgan kishi “buldum” deydi. So‘zning o‘zagi “bul” ekan, unga so‘z yasovchi “-oq” qo‘shimchasi qo‘shilib “buloq” ya’ni, topilma hosil bo‘lgandir. Nega deganda qadim zamonlardan beri suv birlamchi ehtiyoj bo‘lgan. Savdo karvonlari bo‘shagan meshlarini buloqlar (topilmalar)dan to‘ldirgan.

 

Bundan tashqari “buloq” so‘zining kelib chiqishi qadimgi turk tilidagi “bal”ga aloqador bo‘lishi ham mumkin. Shavkat Rahmatullayevning “Oʻzbek tilining etimologik lugʻati” kitobida aytilishicha, “bal” qadimgi turkiy tilda “namlik”, “suv” kabi ma’nolarni ifodalagan. O‘z navbatida bu so‘z quyidagi toponim va gidronimlarga asos bo‘lgan: 

 

1. Boltiq (Baltika) – Ovro‘padagi dengiz;

2. Balxash – Qozog‘istondagi ko‘l;

3. Balchiq – botqoqlik yer;

4. Bolqon – atrofi Egey va Adriatika dengizlari bilan o‘ralgan yarim orol.

 

Anvar ESHNAZAROV

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 251
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 489
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 427
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 763
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 499
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233603
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113123
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 66826
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56024
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50454
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39313
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38873
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38077
“Avesto”

//