Tol va kanizak


Saqlash
19:09 / 16.09.2024 0 1510

Otam tomorqamizning chetlariga to‘ldirib tol ekardi. Tol juda chiroyli daraxt. Ayniqsa, bahorda barglagan paytlarida u yanada ko‘rkamlashadi. Barglari ingichka va uzun, o‘zgacha yarqirab yashillanadi. Novdasi juda chiroyli. Qomati tik. Soyasi rohatbaxsh. Bu daraxtning qoratol, sambittol, majnuntol degan turlari bor. Suvni yaxshi ko‘rgani uchun suv bo‘yiga ekiladi.

 

Mahmud Koshg‘ariy izohiga ko‘ra, tol so‘zi aslida “ho‘l novda” degan ma’noni anglatar ekan. Bu so‘z “Qutadg‘u bilig”da dal shaklida kelgan. Tolning novdasi doim sersuv, ho‘l, shuning uchunmi, yerga qadasangiz bo‘ldi, tomir olib, barg chiqarib ketaveradi. Tol deganda biz faqat tol daraxtini tushunamiz. Koshg‘ariyning aytishicha, qadimda nozik va xushqomat kanizaklarni ham tol deb ataganlar. Bunday deyishlariga ularning qomatlarini nozik va chiroyli tolga o‘xshatish sabab bo‘lgan.

 

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da tol so‘zining “uzun” va “ingichka” ma’nolari borligi ham aytib o‘tilgan. Sochlarim tolim-tolim degan iboradagi tolim so‘zi ingichka va uzun mazmunidagi tol so‘ziga borib taqaladi.

 

Eshqobil SHUKUR

 

Boboso‘z izidan kitobidan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 88
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 158
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 403
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 633
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 594
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234021
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113348
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67800
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56710
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51137
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39453
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39304
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38950
“Avesto”

//