Avtobiografiya va memuar: ular qanday farqlanadi?


Saqlash
16:09 / 16.09.2024 0 1052

Bu ikki soʻz koʻpincha sinonim sifatida qoʻllanadi. Har ikkisi ham hujjatli asar, muallifning hayoti haqida birinchi shaxs tilidan hikoya qiladi. Biroq farqlari ham bor.

 

Memuar – muallif maʼlum davrdagi voqealar haqida hikoya qiladigan, hayoti davomida yuz bergan maʼlum mavzuga oid voqealar ketmaketligi haqida fikr yuritadigan hujjatli qissa. Bunday qissada muallif kechinma va hissiyotlarini eslaydi, fikrlarini tuygʻu bilan yetkazishga harakat qiladi. Memuar muallifning esdaliklari, shaxsiy hayoti haqidagi esselar toʻplamidir.

 

Avtobiografiya esa kishining butun hayoti yoki hayotining katta bir davri haqida hikoya qiladigan faktik yoki tarixiy asardir. Bir soʻz bilan aytganda, muallifning qissa koʻrinishidagi tarjimayi holidir. U koʻpincha muallif hayotining boshidan to asar yozilayotgan paytgacha boʻlgan davrini qamrab oladi, xronologik tartibda boʻladi.

 

Bunday asarlarga odatda maʼlum bir natijaga erishgan, shuhrat qozongan kishilar qoʻl uradi. Aslida avtobiografiyani har kim yozishi mumkin. Avtobiografiyaga xos yana bir jihat – ular aksariyat holatlarda muallif hayotining soʻngida qogʻozga tushiriladi.

 

Orif TOLIB

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 248
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 489
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 426
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 762
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 499
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233601
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113123
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 66817
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56023
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50443
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39313
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38867
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38070
“Avesto”

//