Bilasizmi?
Antuan de Sent–Ekzyuperning «Kichkina shahzoda»si ilk bor 1943-yil 6 aprel kuni Nyu Yorkda chop etilgan va u hozirgi kunga qadar dunyoning 180 dan ortiq tillarga tarjima qilingan. Kichik sayyorada atirguli bilan birga yashaydigan tilla sochli bola haqidagi asarda keltirilgan insoniy tuyg‘ularga doir iqtiboslarni bir joyga yig‘dik.
Hamma kattalar ilgari bola bo‘lgan. Ammo hammasi ham buni eslay olmaydi.
Odamlar poyezdga tezroq, shoshilib chiqishga harakat qilishadi, ammo ular ayni damda nimani qidirayotganliklarini bilmaydilar. Shu sabab ularning halovati yo‘q. O‘zlarini u yo‘ldan bu yo‘lga urishadi. Lekin hammasi bekor…
Sen o‘z harakatlaring bilan yashayapsan, jisming bilan emas… Sen – o‘zingni harakatlaringdasan, sendan boshqa sen yo‘q. Shunday qat’iy qoida bor: Ertalab uyg‘ondingmi, yuz–qo‘lingni yuv, o‘zingni va o‘z sayyorangni tartibga keltirib qo‘y.
Eng yaxshisi har doim bir vaqtda tashrif buyur, – deya iltimos qildi Tulki. Masalan, agar sen soat 4 da kelsang, men seni kutgunga qadar 3 soat baxtiyorlikni his etaman. Uchrashuv daqiqalari yaqinlashgani sari yanada quvonchga to‘laman. Agar sen har xil vaqtda kelsang, sening qaysi payt kelishingni bilmayman, yuragimni kuttirib qo‘yaman. Doimo bir xil vaqtda kel, buni an’anaga aylantiraylik…
Kattalar hech qachon hech narsani o‘z holicha tushunmaydi, shu sababli bolalar nimanidir tushuntirish va uqtirish uchun juda qiynalib ketishadi. Bu esa juda zerikarli…
Agar nimagadir o‘rganib qolsang, keyinchalik bundan o‘zing aziyat chekasan va ko‘z yosh to‘kasan.
– Sening sayyorangda odamlar bir bog‘da mingta atirgul o‘stirishadi… Ammo izlagan narsasiga erisha olmaydi…
– Ha to‘g‘ri – tan oldim men.
– Zero, ular izlagan narsasini bir atirguldan ham topa olishlari mumkin. Nega shuni tushunmaydilar?
– Odamlar qani?, – xavotirda so‘radi kichik shahzoda, – cho‘l–u – biyobonda bir o‘zim yolg‘iz qoldim…
– Odamlar orasida bo‘lsang baribir yolg‘iz bo‘lasan… – deya javob qaytardim.
– Odamlar nimadir bilishi yoki o‘rganishi uchun vaqt ham yetarli emas. Masalan, ular do‘kondan tayyor narsani xarid qilishadi. Ammo haqiqiy do‘stlik do‘konlarda sotilmaydi. Balki shu sababli odamlar orasida do‘stlik tuyg‘usi yo‘qolib borayotgandir.
– Kattalarga: «Men juda chiroyli uy ko‘rdim, qizil g‘ishtli, derazalari atirshoh bilan o‘ralgan, tomlari havorang, juda ajoyib uy…» – deb emas, «Men 100 ming franklik uy ko‘rdim», deyishning o‘zi kifoya. Shunda ular hammasini tushunadi va «Naqadar ajoyib go‘zallik, zo‘r uy ekan» deyishadi.
Kattalar raqamlarni yaxshi ko‘rishadi. Agar ularga yangi do‘sting haqida gapirsang, do‘stingni ovozi, uni qaysi o‘yinni yaxshi ko‘rishi, kapalak tutishni bilish–bilmasligi umuman qiziqtirmaydi. Ular darrov «Do‘sting necha yoshda? Aka – ukalari nechta? Og‘irligi qancha? Otasining oyligi qancha?» deb so‘rashadi. Savollarga javob olingach, do‘stingni tanigandek bo‘lishadi.
Stulni bir necha qadamga surib qo‘ysang yetarli. O‘shanda sen kun botishini tomosha qilishing mumkin, buni faqat istasang bo‘ldi.
– Agar do‘sting bo‘lishini istasang, mendan o‘rnak ol!
– Buning uchun nima qilish kerak? – so‘radi kichkina shahzoda.
– Sabr – toqatli bo‘lish kerak – javob qaytardi Tulki. – Avvalo to‘g‘rimdagi stulga o‘tir va birmuncha kut. Men senga ko‘z qirim bilan qarayman, sen esa sukut saqla. Faqat har kuni biroz–birozdan yaqin kelaver…
O‘zingga o‘rgatgan odamlar uchun hamisha javobgarsan, buni unutma.
– Bir kuni men quyosh botishini 43 marta tomosha qildim. Bilasanmi, agar seni qayg‘u bossa, quyosh botishini tomosha qilish qanchalar maroqli…
– Demak sen quyosh botishini 43 marta ko‘rgan kuning, nimadandir juda ranjigan ekansan–da?
So‘zlar bir–birimizni tushunishga xalaqit beradi.
Siz chiroylisiz, ammo hammadan holisiz, – so‘zini davom ettirdi kichkina shahzoda, – ammo siz uchun hech kim jonini bermaydi. Odamlar qo‘limdagi atirgulni ko‘rib, uni sizga qiyoslashadi. Ammo gulim hammadan ham ko‘ra menga qadrliroq. Chunki men siz bilan emas, gulim bilan har dam birga edim. Uni yomg‘irdan, do‘ldan avayladim. Shamollarda devor bo‘lib, asradim. Atrofidan begona o‘tlarni yulib tashladim, faqat bir–ikkita donasi kapalaklar kelib qo‘nishi uchungina qoldi xolos. Men uning maqtovi, sukunati , hasratini tinglab yashadim. U – meniki, faqat meniki.
Yulduzlar nega doimo nur sochishini bilgim keladi. Bildimki, yulduzlar odamlar uchun tanlashi kerak bo‘lgan yo‘lni yoritib turadi…
Do‘sting borligi qanday yaxshi… Joningni qurbon qilish kerak bo‘lsa-da, do‘sting borligi baribir yaxshi…
Sevgi – bu hamma narsani, hammani unutish, hech narsadan qo‘rqmaslik, deganidir. Tushunyapsizmi? Sevgida vafo va sadoqat, ishonch hamisha muhim o‘rinda turadi.
Gullar yulduzlardek ko‘p… Ammo sevsangiz faqat bittasiga ko‘ngil qo‘ying. Yulduzlar millionlab bo‘lsa-da, ularga faqat tikilib, o‘zingni baxtiyor his etishing mumkin va o‘z – o‘zingga «Mening gulim qayerdadir bor… u qayerdadir…» deya ayta olsan…
Sevarabegim tayyorladi
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Bilasizmi?
Hikmat
Qatra
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q