Abu Rayhon Beruniy hikmatlari: "Har bir insonning qadr-qimmati o‘z ishini qoyil qilib bajarishida"


Saqlash
14:08 / 19.08.2021 1 4029

 

Ochni to‘yg‘az

 

Xalifa Umar ibn Abdulaziz o‘g‘li Abdullohning ming dirhamga bir qimmatbaho toshni sotib olganini eshitib, o‘g‘liga xat yozibdi: “Menga yetib kelgan xabarga qaraganda, bir uzuk olibsan. Senga nasihatim shu, darhol o‘shani sotib, uning qiymatiga mingta ochning qornini to‘yg‘az. O‘zingga bo‘lsa kumushdan uzuk qildir, uning ko‘zi ham o‘zidan bo‘lsin”. Abdulloh otasi aytganday qilibdi.

 

Nechta kamolot davri mavjud

 

An-Notiliy shunday degan: “Inson uchun uchta kamolot davri mavjud. Biri — balog‘atga yetishi, ya’ni o‘zi kabi birovning undan bo‘lishi mumkin bo‘ladigan vaqt bo‘lib, ikkinchi yetti yillikning (sobuning) boshidir; ikkinchi “kamolot” tafakkur quvvati bo‘lib, uning aqli quvvatdan fe’lga chiqadigan vaqti, ya’ni oltinchi yetti yillikning boshidir; uchinchi “kamolot” — odam yolg‘iz bo‘lsa, o‘zini, uylangan bo‘lsa oilasini, podshoh bo‘lsa, fuqarosini kutishga yaraydigan vaqti”. An-Notiliy “kamolot” muddatini bir yuz qirq yil degan, ya’ni inson shu yoshgacha yashashi mumkin ekan.

 

Yomonning kasofati

 

Bir kishi, ittifoqo, o‘zi tanimagan bir guruh bilan hamroh bo‘lib qoldi. Bu kimsalar qaroqchilar bo‘lib, bir qishloqni bosib, xarob qilib qaytayotgan edilar. U kishi o‘g‘rilar bilan birga biroz yo‘l bosgach, qasoskorlar yetib kelib, ularni qo‘lga oldi. Bu kishi garchi o‘g‘rilarga sherik bo‘lmasa ham, ularga qo‘shilgani uchun azobga duchor bo‘ldi.

 

* * *

       Odamlar bilmagan narsalariga dushmanlik ko‘zi bilan qaraydilar.

 

* * *

Har bir insonning qadr-qimmati o‘z ishini qoyil qilib bajarishida.

 

* * *

To‘g‘ri yo‘ldan ataylab eng uzoq yo‘lga o‘tish juda zo‘r xatodir.

 

* * *

Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g‘am-g‘ussa bo‘lmaydi.

 

1 Izoh

Izzatillo

12:01 / 01.01.1970

Assalomu alaykum va raxmatullohi va barokatuh va mag'firotuhu. Juda yaxshi narsalar joylanibdi hikmatlar.

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 491
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 689
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 230436
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 111225
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 62477
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 51920
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 47408
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38214
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 36290
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 33247
Kompetentlik

//