Kamgap rohib


Saqlash
14:08 / 26.08.2024 0 1008

Sahroda rohib yashar, u odamlarga quduqdan suv olib berardi. Ammo negadir juda kamgap edi.

Bir kuni undan so‘rashdi:

– Nega sokinlikni sevasan? Jimgina yashash senga nima beradi?

Rohib quduqqa tashlab qo‘yilgan chelakni tortib oldi va savol bergan odamdan unga qarashni so‘radi:

– Quduqda nimani ko‘ryapsiz?

– Hech narsani! – javob berdi savol bergan kishi. Rohib undan biroz kutib turishini iltimos qildi-da, yana so‘radi:

– Endi qarang.

– O‘zimni ko‘ryapman! – dedi haligi odam bu safar.

Rohib aytdi:

– Birinchi qaraganingizda suv chayqalib turgandi, shunga hech narsani ko‘rmadingiz. Ikkinchi qaraganingizda u tingan edi va siz o‘z aksingizni ko‘ra oldingiz. Sokinlik ham xuddi shunday. Uning yordamida inson o‘zini topmog‘i mumkin.

 

Yapon rivoyati

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 166
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 261
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 478
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234298
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113503
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68068
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57101
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51465
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39957
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39572
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39456
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//